Turkiyadagi noqonuniy muhojirlar soni pandemiya davrida kamaydi

Ichki Ishlar vaziri Suleyman So‘ylu Balikesirning Ayvalik tumanida uyushtirilgan viloyatdagi migratsiya idorasi yetakchilari yig‘ilishida nutq so‘zladi.

1612182
Turkiyadagi noqonuniy muhojirlar soni pandemiya davrida kamaydi

Turkiyada qo‘lga tushgan noqonuniy muhojirlar soni 2021 - yilning 24 - martidan e’tiboran 22 ming 115 nafar deb qayd etildi.

Ichki Ishlar vaziri Suleyman So‘ylu Balikesirning Ayvalik tumanida uyushtirilgan viloyatdagi migratsiya idorasi yetakchilari yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Ushbu nutqida Turkiyada qo‘lga tushgan noqonuniy muhojirlar soniga to‘xtalgan So‘ylu,

“Qo‘lga tushgan noqonuniy muhojirlar soni 2019 - yili 454 ming 662 nafar deb qayd etilgandi. Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining ta’siri bilan 2020 - yili bu raqam 122 ming 302 nafarga tushdi. 2021 - yilning 24 - martidan e’tiboran 22 ming 115 nafar deb qayd etildi”. - dedi.

Noqonuniy muhojirlar doirasida 2019 - yili 103 ming 858 kishining depotatsiya qilingani va bunchalik keng ko‘lamli bir amaliyotning dunyoning boshqa hech qaysi davlatida yo‘lga qo‘yilmaganini ta’kidlagan So‘ylu,

“Huddi shunday 2020 - yili pandemiya jarayoniga qaramay 41 ming 379 kishi deportatsiya qilindi. Yangi yildan beri bu raqam 9 ming 369 nafardir. Shunday ekan bu insonlarning mamlakatga noqonuniy yo‘llardan kirishini oldini olish, bizning vazifamizdir”. - deya gapirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar