Mavlud Chavusho’g’li Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi
“Istanbulda o’tkaziladigan yig’ilish Afg’onistonda tinchlik jarayoniga qanday hissa qo’shishi haqida fikr almashdik. Afg’on qardoshlarimiz bilan hamkorligimizni davom ettiramiz”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li twitterda.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Dushanbe shahrida Tojikiston va Afg’oniston yetakchiligida bo’lib o’tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi doirasida Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi.
Mavlud Chavusho’g’li bu haqda twitterda ma’lum qildi.
U shuningdek, aprel oyida Istanbulda Afg’onistonda tinchlik jarayoniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilishini eslatib o’tdi.
“Istanbulda o’tkaziladigan yig’ilish Afg’onistonda tinchlik jarayoniga qanday hissa qo’shishi haqida fikr almashdik. Afg’on qardoshlarimiz bilan hamkorligimizni davom ettiramiz”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li twitterda.
Aloqador xabarlar
«EFES - 2024» mashqlari o‘tkazildi
Ozarbayjon, Liviya va Shimoliy Makedoniya bilan qo‘shma treninglar o‘tkazildi.