Hulusi Akar insoniy qadriyatlarni himoya qilgan hammani terrorga qarshi kurashga chaqirdi

Akar, 18 - mart shahidlarni yodga olish va Chanoqqal’a dengiz g‘albasining 106 - yilligi munosabati bilan vazirlikda uyushtirilgan marosimda ishtirok etdi.

1604457
Hulusi Akar insoniy qadriyatlarni himoya qilgan hammani terrorga qarshi kurashga chaqirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar barcha do‘st va ittifoqlardan, insoniy qadriyatlarni himoya qilgan hammadan terrorga qarshi kuchli munosabat va mushtarak iroda namoyish etishlarini kutganliklarini qayd etdi.

Akar, 18 -  mart shahidlarni yodga olish va Chanoqqal’a dengiz g‘albasining 106 - yilligi munosabati bilan vazirlikda uyushtirilgan marosimda ishtirok etdi.

Akar unda so‘zlagan nutqida barcha do‘st va ittifoqlardan, insoniy qadriyatlarni himoya qilgan hammadan terrorga qarshi kuchli munosabat va mushtarak iroda namoyish etishlarini kutganliklarini belgilab o‘tgan holda,

“Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasi bilan YPG terror tashkilotini qo‘llab - quvvatlashi to‘g‘ri emas. Chunki PKK, YPG bilan birdir. Ularning bir - biridan hech qanday farqi yo‘qdir.” - dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning ko‘rsatmalari asosida Suriya va Iroqning shimoli va Sharqiy O‘rta yer dengizida olijanob turk xalqining haq - huquq va manfaatlarini himoya qilganliklarini ta’kidlagan Akar,

“Ozarbayjon bosh bo‘lish bilan birga qalbimizdan alohida o‘rin olgan do‘st, ittifoq, qardosh, mazlum va jabrlangan xalqlar bilan oyoqosti qilingan barcha insoniy qadriyatlar uchun ham kurash olib boramiz”. - dedi.

Akar Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi muammolarning ham muloqat yo‘li orqali hal qilinishi kerakligiga chin yurakdan ishonch hosil qilganliklari va buning uchun astoydil mehnat ichida ekanliklarini belgilab o‘tgan holda,

“Gretsiyaning ig‘vogarchilik maqsadida yo‘lga qo‘ygan harbiy mashqlari, harbiy bo‘lmagan maqomga ega bo‘lgan orollarni qurollantirishi, ushbu orollarni chet ellik urush kemalariga ochishi, xalqaro huquq qoidalariga to‘g‘ri kelmagan kontinental shelf iddiosi, Egey va Sharqiy O‘rta yer dengizida aql bovar qilmagan talablari tabiiy olaroq taranglikni orttirmoqdadir. Bu ig‘vogar tusdagi harakatlar bilan tahdid tilining qabul qilinishi imkonsiz. Bunday uslub, muammolarning hal qilinishiga hech qanday hissa qo‘sholmaydi. Bular bilan yo‘l olinishi imkonsiz ekanini hamma bilishi lozim”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar