Erdo’g’an ertaga Yevroittifoq mulozimlari bilan uchrashadi

Uchrashuvda kelgusi hafta o’tkaziladigan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokıama qilinadi. Shuningdek, sammit oldidan Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarining bugungi holati ko’zdan kechiriladi.

1603927
Erdo’g’an ertaga Yevroittifoq mulozimlari bilan uchrashadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga Yevroittifoq komissiyasi rahbari Ursula Von Der Leyen va Yevroittifoq kengashi rahbari Charles Michel bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv amalga oshiradi.

Bu haqda Yevrokomissiya kotibi Erik Mamer matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuv ertaga 19-mart kuni tushdan keyin bo’lib o’tadi.

Uchrashuvda kelgusi hafta o’tkaziladigan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokıama qilinadi. Shuningdek, sammit oldidan Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarining bugungi holati ko’zdan kechiriladi.

Eslatma: Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti 25-26 mart kunlari bo’lib o’tadi.



Aloqador xabarlar