Faxrettin Ko‘janing AstraZeneca vaksinasi haqida aytgan gaplari to‘g‘ri chiqdi

Turkiya Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing AstraZeneca vaksinasi haqida aytgan gaplari to‘g‘ri chiqdi.

1603150
Faxrettin Ko‘janing AstraZeneca vaksinasi haqida aytgan gaplari to‘g‘ri chiqdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi Shvetsiya bilan Britaniya hamkorligida ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining ishonchli emasligi mumkinligi haqida bir necha oy oldin aytgan Turkiya Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing gaplari to‘g‘ri chiqdi.

Yevropa davlatlari 22 kishida qon quyuqlashishiga yo‘l ochgan va bu tufayli Daniyada bir kishining vafot etishiga sabab bo‘lgan AstraZeneca vaksinasi buyurtmalarini bekor qildi. Vaksinani olgan davlatlar ham undan foydalanishni hozircha to‘xtatdi.

Yevropa ittifoqi, AstraZeneca vaksinasi ustidan tekshiruv ishlari boshlatdi.

Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, bu vaksinaning ishonchli emasligi mumkinligi haqida bir necha oy oldin ogohlantirgandi. Shu bois ham arzon bo‘lishiga qaramay Turkiya AstraZeneca vaksinasidan xarid qilmadi.

Ko‘ja, ushbu vaksina haqida Jahon Sog‘likni Saqlash tashkilotining ham qarorsiz ekanini bildirgandi.  

Turkiya, an’anaviy yo‘llar bilan ishlab chiqarilgan inaktiv vaksina olish haqida qaror qabul qilgandi. Roppa - rosa 2 oyda 10 milliondan ortiq emlash faoliyatlarida bugungacha jiddiy va salbiy ta’sir kuzatilmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Faxrettin Ko‘ja , #AstraZeneca , #Covid-19

Aloqador xabarlar