Turkiya, Gretsiya va Kiprning grek qismini sog‘lom fikr yuritishga chaqirdi

Hami Akso‘y Gretsiya poytaxti Afinada uyushtirilgan “Do‘stlik forumi” haqidagi savolga javob berdi.

1582064
Turkiya, Gretsiya va Kiprning grek qismini sog‘lom fikr yuritishga chaqirdi

Turkiya, Gretsiya va Kiprning grek qismini sog‘lom fikr yuritishga chaqirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Akso‘y, Gretsiya va Kiprning grek qismini sog‘lom fikr yuritishga chaqirdi. Uning qayd etishicha Gretsiya va Kiprning grek qismining Yevropa ittifoqining Turkiya bilan tashkil etishga uringan ijobiy tusdagi kun tartibini buzishga harakat qilishi va boshqalaridan madat kutib siyosat olib borishi, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi.  

Hami Akso‘y Gretsiya, Misr, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Kiprning grek qismining tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Gretsiya poytaxti Afinada uyushtirilgan “Do‘stlik forumi” haqidagi savolga javob berdi.

Mintaqadagi eng muhim davlatlardan biri bo‘lgan Turkiya va Kipr turklari ishtirok etmagan hech qaysi forumning mintaqadagi sinovlar jihatidan samarali, muvaffaqiyatli hamkorlik va do‘stlik mexanizmi tashkil etolmasligini ta’kidlagan Akso‘y o‘z so‘zini,

“Bironta ham davlatni nishonga olmagani iddio etilgan ushbu forum yakunida uyushtirilgan matbuot anjumanida Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri (Nikos Dendias) tomonidan Turkiyaga qarshi aytilgan asossiz ayblov va tuhmatlar aslida bu qadamda qayd etilgan do‘stlik ustidan emas, Turkiyaga qarshi husumat asosida yaratishga urinilgan ittifoq tashabbusi ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Turkiyaning mintaqadagi insonparvarlik va haqiqatga tayangan siyosatlarini tanqid qilish, o‘zining maksimalist talablari va tor manfaatlari uchun to‘ntarishchilarga quchoq ochish yo‘li bilan Liviyaning barqarorsizlikka sudralishiga yo‘l ochganlar, Suriya va Iroqni bo‘lish kuchiga ega terror yo‘lagi yaratishga harakat qilganlar va Ozarbayjon tuproqlarining ishg‘oliga necha yillardan beri ko‘z yumganlar haddi emasdir”. - deya davom ettirdi.

Turkiya xalqaro konferensiya taklifi orqali Sharqiy O‘rta yer dengizida samimiy va keng ko‘lamli hamkorlik ta’sis etishga uringan bir davrda,  Turkiyaga qarshi davom ettiriligan bu munosabatning dushmanlardek ekani va Yevropa ittifoqi uchun birlik say - harakatlarini ham buzganiga e’tibor qaratgan Akso‘y,

“Gretsiya va Kiprning grek qismini Yevropa ittifoqining uning tarkibiga kirishga nomzod o‘lka Turkiya bilan tashkil etishga uringan ijobiy tusdagi kun tartibiga monelik qilishga urinishlari va boshqalaridan madat kutib siyosat olib borishlari, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni tahdid ositga qo‘ymoqda. Shunday ekan ularni sog‘lom firk yuritishga, forumda ishtirok etgan boshqa davlatlarni esa boshqalari o‘yini qurboni bo‘lmaslikka chaqiraman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar