Erdo’g’an Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan muloqot qildi

Erdo’g’an suhbat avvalida koronavirusdan sog’ayib ketgan Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbunga mustahkam sog‘lik va uzoq umr tiladi.

1548759
Erdo’g’an Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 20 dekabr kuni Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Erdo’g’an suhbat avvalida koronavirusdan sog’ayib ketgan Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbunga mustahkam sog‘lik va uzoq umr tiladi.

Prezidentlar muloqot chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qilganligi aytilmoqda.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning o‘zaro manfaatli hamkorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha o‘zaro yaqin muvofiqlashuv va sheriklikni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.

 

 


 


Tanlangan kalimalar: #Abdulmajid Tebbun , #Jazoir , #Turkiya

Aloqador xabarlar