Prezident Erdo‘g‘an Charlz Mishel bilan Turkiya – YI munosabatini baholadi

YI Kengashi rahbari Mishel, YI Sammiti haqida ma’lumot berish va fikr almashish maqsadida Prezident Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qildi.

1546324
Prezident Erdo‘g‘an Charlz Mishel bilan Turkiya – YI munosabatini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Charlz Mishel bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra YI Kengashi rahbari Mishel, YI Sammiti haqida ma’lumot berish va fikr almashish maqsadida Prezident Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qildi.

Prezident Erdo‘g‘an unda Turkiyaning kelajagini YI bilan birgalikda tasavvur qilganini belgilab o‘tgan holda, Turkiya – YI munosabatlarida tashlangan har qanday ijobiy tusdagi qadamni yangi imkon panjarasi sifatida baholashini ifoda etdi.

Turkiya sifatida YI bilan yangi sahifa ochishni xohlar ekan kimlarningdir to‘xtamay muammo yaratishga uringanini qatd etgan Erdo‘g‘an, Turkiya – YI munosabatlarining bu vaziyatdan tezlik bilan qutqarilishi kerakligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Gretsiya bilan muammoni hal qilish yo‘llari topish uchun takror muzokara boshlatishga tayyor ekanini bir necha marotaba qayd etishiga qaramay grek tomonining har doim yangi bahonalar topib, uchrashuvdan qochgani va oxirgi haftalarda ig‘vogar tusda qadamlar tashlay boshlaganiga e’tibor qaratdi.

Shunga qaramay Turkiya siyosatining faqatgina haqiqat va adolat asosida shakllanganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida ham yaxshi niyat va konstruktiv munosabatda bo‘lgan tomonning Turkiya ekanini, bu borada xalqaro konferensiya uyushtirilishi lozimligi borasidagi taklifidan haligacha voz kechmaganini ifoda etdi.  

Bu konferensiyaning ShKTR doxil hech kimni yakkalamasligining muhim ekanini ifoda etgan Erdo‘g‘an, Kipr oroli muammosining adolatli va barqaror tusda hal qilinishi uchun kerakli qadamni tashlagan tomonning ham har doim turk tomoni ekanini ta’kidladi.  

Prezident Erdo‘g‘an Liviya, Suriya, Yuqori Qorabog‘ kabi YI tomonidan muammoli deb qabul qilingan sohalardan hech birining Turkiya – YI munosabatlari bilan aloqali emasligini, bu tarmoqlarda asosiy prinsip va maqsadlarning keng ma’noda birligini qayd etdi.

Turkiya – YI munosabatlarining oxirgi ikki yildan beri ba’zi a’zolarning tor manfaatlariga qamab qo‘yilganini yodga solgan Erdo‘g‘an, YI bilan takror keng ko‘lamli o‘zaro foyda asosida gaplasha boshlash niyatida ekanliklarini yetkazdi.

Erdo‘g‘an, ijobiy tusdagi kun tartibi uchun eng avvalo natija beruvchi vositaning 18 – mart (muhojirlar) memorandumi (2016) ekanini ifoda etib, YIning Turkiya masalasida konstruktiv munosabatda bo‘lishini tiladi.  



Aloqador xabarlar