Ismoil Demir:"AQSh sanksiyalari Turkiya mudofaa sanoatiga to’sqinlik qila olmaydi”

AQSh S-400 majmualarini sotib olgani uchun Turkiyaga sanksiya kiritdi. Ushbu sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan joriy etilgan.

1545691
Ismoil Demir:"AQSh sanksiyalari Turkiya mudofaa sanoatiga to’sqinlik qila olmaydi”

 

AQSh Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiyaga sanksiya kiritdi.

Ushbu sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan joriy etilgan.

Sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasiga litsenziyalar va eksportga ruxsat berishni taqiqlash hamda boshqarma rahbari Ismoil Demir va ba'zi vakillarning AQShdagi aktivlari muzlatilishini ko‘zda tutadi.

Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir shaxsiga nisbatan joriy etilgan sanksiya qaroriga munosabat bildirdi.

“AQShning sanksiyasi shaxsan mening va hamkasblarimning prinsiplarini o’zgartirmaydi. Ayniqsa, Turkiya mudofaa sanoati faoliyatiga hech qanday to’sqinlik qila olmaydi”,-deb aytgan Ismoil Demir.

U twitter orqali vaziyatga munosabatini shunday ifoda etdi:

“Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo’g’an yetakchiligida mustaqil rivojlangan mudofaa sanoati bo’yicha yuqori marralarga erishamiz va bu yo’lda qat’iy irodaga egamiz. Shaxsan menga nisbatan yoki boshqarmamizga nisbatan joriy etilgan har qanday cheklovlar maqsadimizdan voz kechira olmaydi. Turkiya mudofaa sanoatiga hech qanday ta’sir ko’rsata olmaydi”,-dedi.

S-400 majmualari tufayli Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik paydo bo’lgandi. Rossiyadan xarid qilingan ushbu majmualar Turkiyaga 2019 yili yetkazila boshlagandi. AQSh Turkiyani ushbu bitimdan voz kechishga chaqirgandi. Aks holda, Turkiyaga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib, S-400 o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni taklif qilgandi. 

Bunga qaramay, Turkiya Rossiya bilan S-400 majmualarining qo‘shimcha partiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirgandi.


Tanlangan kalimalar: #İsmail Demir , #sanksiya , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar