Aziz Sanjar: “Turkiyada bo‘lganimda, vazirligimiz ta’minlagan vaksina bilan emlanardim”.

Aziz Sanjar, Covid-19 ga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina haqidagi izohlarni baholadi.

1543653
Aziz Sanjar: “Turkiyada bo‘lganimda, vazirligimiz ta’minlagan vaksina bilan emlanardim”.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da yashagan Nobel mukofati sovrindori turk olim professor doktor Aziz Sanjar, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) vaksinasi haqida,

“Hozir Turkiyada bo‘lganimda navbatga turib, Sog‘likni Saqlash vazirligimiz ta’minlagan vaksina bilan emlanardim”. – dedi.

Aziz Sanjar, “Anado‘lu” axborot agentligiga bergan bayonotida, yuqumli kasalliklar va vaksina bo‘yicha mutaxassis emaligini ta’kidlagan holda,

“Shu bois ham bu borada turk mutaxassislarning gapiga qo‘shimcha biron nima deyishim imkonsiz. Turkiyada bo‘lganimda turk shifokorlarning tavsiyalariga amal qilgan bo‘lardim”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ijtimoiy tarmoq orqali ba’zi insonlarning vaksinaga qarshi qoldirgan izohlariga e’tibor qaratgan Sanjar, bunday postlar xalqni ikkilantirib, emlanishiga to‘siqlik qilishini va bu orqali ularn hayotini xavf ostiga qo‘yishini qayd etdi.

Xitoy yoki Rossiya, Amerika yoki Turk olimlarning Germaniyada ishlab chiqargan vaksinalardan qaysinisi yana – da kuchli ekani haqida hech qanday fikri yo‘qligini eslatib o‘tgan Sanjar,

“Chunki bu ishning mutaxassisi emasman lekin hammasining himoya qiluvchi foydasi borligiga ishonchim komil. Xalqimizning Turkiyada, hozirgi kunda mavjud vaksinadan foydalanishini va tibbiy xodimlardan boshqa hechkimning so‘zlariga quloq solmasliklarini tavsiya qilaman. Hozir Turkiyada bo‘lganimda navbatga turib, Sog‘likni Saqlash vazirligimiz ta’minlagan vaksina bilan emlanardim”. – deya gapirdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Aziz Sanjar , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar