TIKA, Bangladeshdagi arakanliklarga oziq – ovqat jihatidan yordam berdi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA), Bangladeshdagi arakanliklarga oziq – ovqat jihatidan yordam berdi.

1533032
TIKA, Bangladeshdagi arakanliklarga oziq – ovqat jihatidan yordam berdi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA), Bangladeshdagi arakanliklarga oziq – ovqat jihatidan yordam berdi.

TIKA tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Bangladeshning Koks Bozor tumanidagi 16 – muhojirlar lagerida jon saqlagan arakanlik qariyb 25 ming muhojirga oziq – ovqat tarqatilgani ma’lum qilindi.

Bayonotda,  

“Tarqatilgan oziq – ovqatlar yordami orqali lagerlarda yashagan musulmon muhojirlar qish mavsumiga yana – da tayyor kiradi. Ushbu yordamdan foydalangan muhojirlar xursandchiligini bildirar ekan Turkiya va TIKAga minnatdorchiligini bildirdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

TIKA, 2017 – yili lagerlarga joylashtirilganlar uchun tezlik bilan oshxona qurib, issiq taom tarqatdi. Undan bir kunda 25 ming kishi foydalandi.

Bangladeshning Koks Bozor tumani chegaralaridagi lagerlarda bir millionga yaqin arakanlik musulmon, murakkab shartlarda yashash uchun kurashmoqda.

Iqtisodiy faoliyatlari yo‘q muhojirlar oziq – ovqat bosh bo‘lish bilan birga har qanday oziq – ovqat va asosiy ehtiyoj ashyolariga muhtoj.


Tanlangan kalimalar: #TIKA , #Bangladesh , #arakanlik musulmonlar

Aloqador xabarlar