Turkiyaning taklifi bilan 2021 – yil, “Xalqaro sog‘likni saqlash xodimlari yili” – deb e’lon qilindi

Turkiyaning taklifi bilan Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti tomonidan 2021 – yil, “Xalqaro sog‘likni saqlash xodimlari yili” – deb e’lon qilindi.

1526246
Turkiyaning taklifi bilan 2021 – yil, “Xalqaro sog‘likni saqlash xodimlari yili” – deb e’lon qilindi

Turkiya 2021 – yilning, “Xalqaro sog‘likni saqlash xodimlari yili” – deb e’lon qilinishi haqidagi qarorni, sog‘likni saqlash xodimlariga mushtarak ravishda minnatdorchilik izhor etish tuyg‘ularining xalqaro miqyosdagi aksi deb baholaydi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Turkiyaning yetakchiligidagi xalqaro say – harakatlar natijasida 2021 – yil, Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan “Xalqaro Sog‘likni saqlash xodimlari yili” deb e’lon qilgan.

Bayonotda,

“Nomi tilga olingan qaror, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi berilgan murakkab kurash jarayonida eng oldingi qatorda xizmat qilgan sog‘likni saqlash xodimlariga mushtarak ravishda minnatdorchilik izhor etish tuyg‘ularining xalqaro miqyosdagi aksidir”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti (JSST) Turkiya Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing taklifini qabul qilib, 2021 – yilni butun dunyoda “Xalqaro Sog‘likni saqlash xodimlari yili” deb e’lon qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar