Prezident Erdo‘g‘an: “Yurtimizdagi bironta ayolning ham xo‘rlanishiga aslo toqatimiz yo‘q."

Prezident Erdo‘g‘an, BMTning75 – Bosh assambleyasi doirasida uyushtirilgan “IV Ayollar konferensiyasi 25 – yilligi Oliy darajali tadbiri”da videomurojaat orqali ishtirok etdi.

1501545
Prezident Erdo‘g‘an: “Yurtimizdagi bironta ayolning ham xo‘rlanishiga aslo toqatimiz yo‘q."

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “Yurtimizdagi bironta ayolning ham xo‘rlanishiga aslo toqatimiz yo‘q” dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 – Bosh assambleyasi doirasida uyushtirilgan “IV Ayollar konferensiyasi 25 – yilligi Oliy darajali tadbiri”da videomurojaat orqali ishtirok etdi.

“Turkiya sifatida, oxirgi yillarda ayolning ijtimoiy hayotdagi rolining mustahkamlanishi uchun tarixiy mohiyatda qadamlar tashladik. ‘Kuchli ayol, kuchli oila, kuchli jamiyat’ tamoyili asosida xotin – qizlarning ta’limi bilan ularning ishchi kuchiga ega bo‘lishi uchun imkon yaratdik.” degan Erdo’g’an, ularni tazyik va zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun olib borilgan faoliyatlarga ham to‘xtaldi.

Bu haqida Prezident Erdo‘g‘an,  

“Xotin – qizlarga qarshi tazyik va zo‘rovonlikka qarshi kurashimiz ko‘p qirrali, yaxlit va nol darajadagi bardoshlik tamoyili ostida yuritilmoqda. Yurtimizdagi biron - bir ayolning ham xo‘rlanishiga, haqqining, huquqining, g‘ururining oyoq osti qilinishiga  aslo toqatimiz yo‘q.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar