Prezident Erdo‘g‘an, “Muloqat yo‘llarini faollashtirishda Gretsiya tashlaydigan qadamlar muhim.”

Prezident Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqi kengashi raisi Charles Michel va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi.

1495362
Prezident Erdo‘g‘an, “Muloqat yo‘llarini faollashtirishda Gretsiya tashlaydigan qadamlar muhim.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, muloqat yo‘llarining faollashtirilishi masalasidagi kelishuvning qanday yo‘lga qo‘yilishi borasida Gretsiya tashlaydigan qadamlarning muhim ekanligini qayd etdi.  

Prezident Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqi kengashi raisi Charles Michel va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi.

Prezidentlik apparatining Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, videomuloqat orqali bo‘lib o‘tgan uch tomonli sammitda, Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlari keng ko‘lamli qo‘lga olindi.

Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat ham qo‘lga olingan sammitda, Turkiya va Gretsiyaning muammoni hal qilish yo‘llarini izlash mazmunidagi uchrashuvlarni boshlashga tayyor ekanligi ifoda etildi.

Muloqat yo‘llarining faollashtirilishi masalasidagi kelishuvning qanday yo‘lga qo‘yilishi borasida Gretsiya tashlaydigan qadamlarning muhim ekanligini qayd etgan Erdo‘g‘an, Kipr turklari doxil barcha tomonlarning ishtirokida uyushtiriladigan mintaqaviy konferensiyada konstruktiv tusda qarorlar qabul qilinishiga ishonchi komil ekanligini yetkazdi.   

Payshanba kuni boshlaydigan Yevropa ittifoqi Liderlar sammitining Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlariga yangi tus olib kelishidan umidvor ekanligini qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an, vizasiz rejim va migratsiya masalasida konkret qadamlar tashlangudek bo‘lsa unda Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlarining takror ijobiy tomonga burilishiga ishonganini ifoda etdi.

Yevropa ittifoqining Turkiya bilan mustahkam hamkorlik qilishining mintaqaviy muammolarni hal qilishga ijobiy hissa qo‘shishini eslatib o‘tgan Prezident Erdo‘g‘an, Merkel va Michelning, Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlariga ijobiy kun tartibi qozondirish say – harakatlaridan xursand ekanligini bildirdi.



Aloqador xabarlar