Erdo'g'an:"Vatanimiz uchun to'g'ri yo'lni tanlashga tayyormiz"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Adolat va taraqqiyot partiyasi yig’ilishida ishtirok etdi.

1492411
Erdo'g'an:"Vatanimiz uchun to'g'ri yo'lni tanlashga tayyormiz"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Adolat va taraqqiyot partiyasi yig’ilishida ishtirok etdi.

Erdo’g’an ma’ruzasida Yevropa va AQSh iqtisodiyoti yer bilan yakson bo’lsa ham Turkiya o’z xalqini har sohada rivojlantirishga qat’iy ekanligini tilga oldi.

“O’zimiz bilan birga barcha do’stlarimiz, qardoshlarimiz uchun kurashishga tayyormiz”,-deb aytgan Erdo’g’an.

“Bu Turkiya modelidir. Xalqimizning qo’llab-quvvatlovi bilan mamlakatimiz uchun to’g’risi, hayirlisi va yaxshisi nima bo’lsa, uni amalga oshirishga tayyormiz”,-deb ilova qilgan Erdo’g’an.

Prezident Turkiyaning tashqi siyosati haqida shunday dedi:

“Turkiya butunlay chekinsa, Suriyada tinchlik, barqarorlik va erkinlik o’rnatiladimi? Turkiya siyosiy o’yinlarni ko’rmaslikka olsa, Iroq shimoli terrorizmdan tozalanadimi? Agar Turkiya yuz o’girsa, Liviyada isyonchilar hukumatni qonuniy hukumatga tashlab qo’yadimi? Turkiya barcha narsadan voz kechsa, Fransiya yetarsiz Makron siyosatidan voz kechadimi? Bunday bo’lgan taqdirda, mintaqada qora niyatli davlatlar barcha narsadan voz kechib o’z yo’liga ketadilarmi? Iqtisodiy tuzoq qurganlar bizni qo’llab-quvvatlaydilarmi? Agar, bularga “xa” degan javob berilsa, siyosatimizni ko’zdan kechirish bizning zimmamizga tushadi”.

 

 

 



Aloqador xabarlar