O‘rta yer dengizining tinchlik dengizi bo‘lishi uchun har qanday chora ko‘rilmoqchi

Ibrahim Kalin Oq uy rahbari Donald Trumpning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert C. O’Brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

1484688
O‘rta yer dengizining tinchlik dengizi bo‘lishi uchun har qanday chora ko‘rilmoqchi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Oq uy rahbari Donald Trumpning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert C. O’Brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

Ma’lumotga ko‘ra Ibrahim Kalin bilan Robert C. O’Brien o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu muloqatda o‘zaro munosabatlar, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan.

Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida Turkiyaning taranglik tarafdori emasligi, mintaqada Prezident Rajap Erdo‘g‘an ham ta’kidlab o‘tganidek muammoning odilona ravishda hal qilinishi kerakligi ifoda etilgan. 

Shuningdek Gretsiyaning taranglikni avj oldiruvchi, xalqaro huquqni hisobga olmagan bir tomonli va maksimalist talablarining qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ekanligi, muammoni siyosiy yo‘llardan hal qilish uchun bunday yondashuvlardan uzoq turilishi kerakligi qayd etildi. 

Turkiya va Kiprdagi turk xalqining Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq – huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasidagi qarorlilik ta’kidlangan uchrashuvda, O‘rta yer dengizining tinchlik dengizi bo‘lishi uchun har qanday choraning ko‘rilishi ham ifoda etildi.

 



Aloqador xabarlar