AQShning Suriya bo’yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey Anqaraga keldi

Esenbo’g’a aeroportida muhbirlar savoliga javob bergan Jeffrey Anqaraga Jenevadan yetib kelganligini, Suriya masalasi bo’yicha quvonarli o’zgarishlar bo’layotganini ma’lum qildi.

1479907
AQShning Suriya bo’yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey Anqaraga keldi

 

AQShning Suriya bo’yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey boshchiligidagi delegatsiya Anqaraga tashrif buyurdi.

Esenbo’g’a aeroportida muhbirlar savoliga javob bergan Jeffrey Anqaraga Jenevadan yetib kelganligini, Suriya masalasi bo’yicha quvonarli o’zgarishlar bo’layotganini ma’lum qildi.

Suriya konstitutsion qo’mitasi yig’ilishining 3-turi Jenevada bo’lib o’tganini ta’kidlagan Jeffrey: “Yaxshi boshlang’ich bo’ldi. Turkiya konstitutsion qo’mitasi a’zolarining barchasini, ayniqsa muxolifatni bunga jalb qilgani juda katta yordam bo’ldi”,-dedi.

“Konstitutsion qo’mita siyosiy yo’lda shaxdam qadam tashlashini va haqiqatdan ham bu yo’ldan voz kechmasligidan umidvormiz”,-deb ilova qilgan Jeffrey.

U Suriyadagi vaziyatga doir shunday dedi:

“Suriyadagi harbiy to’qnashuvlarni bas qilish kerak. Rejim tomonidan qo’lga kiritiladigan boshqa zamin yo’q. Rejim muzokaralarga qatnashishi va xalqi bilan shug’ullanishi kerak. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Turk hukumati bilan ham shu masalada maslahatlashamiz”.

“AQSh Turkiyaning eng yaqin strategik sherigi hisoblanadi. Suriyadan tashqari, bir qator masalalar bo’yicha buni isbotladik. Turkiya Suriya masalasini hal qilishda markaziy ro’l o’ynaydi”,-deb ilova qilgan AQShning Suriya bo’yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey.

Ta'kidlash joizki, Jeffrey kecha Jenevada Suriya konstitutsion qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal bilan uchrashgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #AQSh , #Jeyms Jeffrey

Aloqador xabarlar