Akar, O‘rta yer dengizining sharq qismidagi Turkiyaning haqqiga e’tibor qaratdi

Hulusiy Akar bu haqida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Qurolli kuchlari kuni marosimida gapirdi.

1464609
Akar, O‘rta yer dengizining sharq qismidagi Turkiyaning haqqiga e’tibor qaratdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar,

“O‘rta yer dengizining sharq qismida, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ruxsat sohalarida, Turkiyaning dengiz yurisdiksiyasi chegaralarida tekshiruv ishlari yuritish, ulardan foydalanish uchun faoliyat olib borish bizning haqqimizdir” dedi.

Hulusiy Akar bu haqida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Qurolli kuchlari kuni marosimida gapirdi. Unda,

“Kipr masalasi bizning milliy vazifamizdir” degan Akar, dengiz yurisdiksiyasi chegaralarining aniqlanishi, teng suveren huquqlarning himoya qilinishi, manbaalarning odilona ravishda bo‘lishilishi masalasining ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda,

“Bu borada bizga hech kim hech qanday monelik qilishga urinmasin. Bu borada qarorimizning qat’iy ekanligini takror – takror ifoda etdik. Bularni amalga oshiramiz. Biz qilgan ishlarning hammasi huquqiy, xalqaro qonunga, dengiz qonuniga javob beradigan shaklda” degan ifodalarga o‘rin berdi. 

Hulusiy Akar, grek tomoni bilan ishonch orttiruvchi chora va tadbirlar doirasida tuzilgan shartnomalar asosida to‘rtinchi yig‘ilishni poytaxt Anqarada o‘tkazish uchun tayyor ekanliklarini tegishli tomonga yetkazganliklarini ham qayd etdi.



Aloqador xabarlar