Fener Rum patriarxi Turkiya prezidenti Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi

Fener Rum patriarxi Barfolomey xristianlar uchun muqaddas hisoblangan Sumela monastirini restavratsiya qilish faoliyatlariga ko’mak bergani va ko’rsatgan e’tibori uchun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

1463602
Fener Rum patriarxi Turkiya prezidenti Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi

 

Fener Rum patriarxi Barfolomey Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga qo’ng’iroq qildi.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida patriarx Barfolomey xristianlar uchun muqaddas hisoblangan Sumela monastirining restavratsiya qilinib, ziyoratga ochilishi munosabati bilan prezident Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Turkiyada joylashgan Sumela monastirini restavratsiya qilish faoliyatlariga ko’mak bergani va ko’rsatgan e’tibori uchun cheksiz minnatdorligini ifoda etdi.

Patriarx Barfolomey shu bilan birga, barcha musulmonlarni va Turkiya xalqini yaqinlashib kelayotgan Qurbon xayiti munosabati bilan tabrikladi.

 

                                                                                                                               Sumela monastiri



Aloqador xabarlar