Ibrahim Kalin, “Turkiyada, diniy erkinlik bor."

Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Ayasofiyaning muzeydan jome’ masjidiga aylantirilishi haqidagi qaror va Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurashi masalasida CNN Internationalga ma’lumot berdi.

1457442
Ibrahim Kalin, “Turkiyada, diniy erkinlik bor."

Prezidentlik apparati matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, “Turkiyada, diniy erkinlik bor." dedi.

Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Ayasofiyaning muzeydan jome’ masjidiga aylantirilishi haqidagi qaror va Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurashi masalasida CNN Internationalga ma’lumot berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning, “Turkiyada Covid – 19 bo‘yicha ikkinchi to‘lqinning yuz berib bermasligi borasidagi tashvishi” haqidagi savolga qarshi Ibrahim Kalin,

“Hamma qatori biz ham bundan keyingi bosqichdan albatta xavotirdamiz. Chunki virusning qanday munosabatda bo‘lishi haqida hech nima bilmaymiz. Mutatsiyaga uchraydimi? Takror o‘zgaradimi? Qaytalanishi mumkinmi?” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kalin shuningdek,

“Covid – 19 mavjud global tizimning zaifligini va eng kuchli xalqlarning ham virusga o‘xshash bir narsaning qurboni bo‘lishi mumkiniligin ko‘rsatdi. Shuning uchun ham, jiddiy xalqaro hamkorlik shart” deya gapirdi.

Kalin, Turkiyaning Ayasofiya qarori haqida esa, katoliklarning ruhoniy lideri papa Fransiskning “Ayasofiyani o‘ylayapman, katta tashvishdaman” degan so‘zlari haqida quyidagilarni aytdi:

“Bu borada tashvishlanishining xojati yo‘q chunki (Ayasofiya) faqatgina sayyohlar tashrif etgan yer bo‘lishdan chiqarilib, Olloxning nomi yodga olinadigan ibodatxonaga aylantirildi. Bu yer cherkovdan jome’ masjidiga emas, muzeydan jome’ masjidiga aylantirildi. Bu jihatdan qaraganda (Ayasofiya) ham jome’ masjidi, ham da madaniy maydon” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Kalin, Turkiyada dinamik diniy ozchiliklar jamiyati borligiga e’tibor qaratgan holda yahudiy va xristian ozchiliklarning 1930 va 1940 yillarda turli siyosiy sabablar asosida olib qo‘yilgan mol – mulklarining o‘zlariga qaytarib berilganini qayd etdi.

Turkiyadagi diniy ozchiliklarning, mamlakatdagi boshqa fuqarolardek teng huquqga ega ekanligiga e’tibor qaratgan Kalin, ozchiliklardan ahvoli so‘ralganida, “mamlakatdagi qaysidir diniy jamiyatlardek, diniy erkinlari borligini” aytishini ta’kdiladi.

Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, “Ayasofiyaning muzeydan takror jome’ masjidiga aylantirilishi haqidagi qaror, Turkiyada sekulyarizmning yakun topishining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkinmi?” degan savolga qarshi,

“Turkiyaning Ayasofiya haqidagi qarori prtidan berilgan bayonotlarnnig ba’zilari, Turkiyaga qarshi ba’zi eski taxminlarga tayanmoqda. Turkiyada, diniy erkinlik bor” deya gapirdi.

Ibrahim Kalin, Turkiyaning Ayasofiya qarori ortidan u yerdagi mozaikalarning kelajagi haqidagi savolga qarshi, ularning oxirgi 500 yildan beri bo‘lganidek bundan keyin ham himoya qilinishini bildirdi. Chunki ularning madaniy merosning bir bo‘lagi ekanligiga e’tibor qaratgan Kalin o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Bu mozaikalar Hz Iso, Maryam Ona va boshqa xrisitan shaxslarni tasvirlovchi asarlardir. Qo‘l tegmay himoya qilinadi. Musulmonlarning namoz vaqtlarida (bu mozaikalar) usti yopiladi lekin qo‘l tegmaydi. Shunga o‘xshash tartib qoidalar kirityapmiz. Mabad himoya qilinadi va boshqa sayyohlar avvalgidek ko‘ra oladi” dedi.  

Kalin, “Dunyo merosi hisoblangan Ayasofiyaning sayyohlarga ochiq qolishini tasdiqlay olasizmi?” degan savolga qarshi esa,

“Albatta! Ishongan ishonmagan, musulmon, xristian, budist hammani nazarda tutyapman” dedi.



Aloqador xabarlar