Erdo‘g‘an: “Tog‘li Qorabog‘ ishg‘ol ostida. Qardosh Ozarbayjonni aslo yolg‘iz qo‘ymaymiz.”

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda bergan bayonotida Tog‘li Qorabog‘, Ayasofiya va Liviya masalasiga to‘xtaldi.

1456994
Erdo‘g‘an: “Tog‘li Qorabog‘ ishg‘ol ostida. Qardosh Ozarbayjonni aslo yolg‘iz qo‘ymaymiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyaning qardosh Ozarbayjonni yolg‘iz qo‘ymasligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda bergan bayonotida, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan oxirgi kunlardagi hujumlariga e’tibor qaratgan holda,

“Qardosh Ozarbayjonni aslo yolg‘iz qo‘ymaymiz. Tog‘li Qorabog‘ ishg‘ol ostida. Minsk guruhi qariyb 25 – 30 yildan beri bu ishni hal qilgani yo‘q.” dedi.

Prezident, Ayasofiyaning ibodatga ochilishi masalasida esa,

“Chet eldan kelgan e’tirozlarning hech biri bizni qiziqtirmaydi. Ayasofiyaning bu jarayoni bizning ichki mustaqillik masalasimizdir. Shunday ekan bunga hech kim aralasha olmaydi” deya gapirdi.

Liviya masalasini ham qo‘lga olgan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Bugungacha Liviya masalasida qanday javobgarchilik olsak bundan keyin ham ana shu javobgarchiligimiz bilan davom etamiz. Liviyalik qardoshlarimizni yolg‘iz qo‘ymaymiz. Bizning Liviya bilan bo‘lgan munosabatimizga 500 yildan oshdi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar