Prezident Erdo‘g‘an: “Turkiya Covid – 19 pandemiyasining pik davrini ortda qoldirdi.”

Prezident Erdo‘g‘an, kabina yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida Turkiyadagi pandemiya jarayoni, Ayasofiya masalasi va Armanistonning Ozarbayjonni nishonga olgan hujmi haqida gapirdi.

1455099
Prezident Erdo‘g‘an: “Turkiya Covid – 19 pandemiyasining pik davrini ortda qoldirdi.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining pik davrini ortda qoldirganini ma’lum qildi.

Kabina yig‘ilishi ortidan bayonot bergan Erdo‘g‘an, Turkiyaning pandemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashganini eslatib o‘tgan holda, holat va o‘lim sonining takror kamaya boshlaganini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an, holat sonini nolga yaqinlashtirish uchun qisqa muddatga yana cheklovlarning davom etishini bildirdi.

Ayasofiyaning ibodatga ochilishi qarori haqida esa Prezident, Ayasofiyaning cherkovdan emas muzeydan jome’ masjidiga aylantirilganini yodga soldi.

“Xarob ahvolda olingan Ayasofiya jome’ masjidi, bizga oid asarga aylantirildi.” degan Erdo‘g‘an, Ayasofiyaning madaniy meros sifatining himoya qilinishini ta’kidlagan holda,

Ayasofiya masalasi bosh bo‘lish bilan birga xalqimizning erkinligi va haqlari masalasida qarorimiz qat’iydir.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yevropada musulmon aholiga tushgan ibodatxona soni orasida 4 – 5 barobar farq borligiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, Turkiyaning ikki yuzlamachiliklarga maruz qolishdan qutilolmaganini qayd etdi.

Armanistonning do‘st va qardosh Ozarbayjon hujumlarini ham qo‘lga olgan Prezident, bu hujumlarni keskin qoralashini belgilab o‘tgan holda,

“Barcha imkonlarimiz bilan birga Ozarbayjonning yonida bo‘lishni davom ettiramiz.” dedi.

Erdo‘g‘an, Tog‘li Qorabog‘ning bosib olinishidan beri davom etgan taranglikning Armanistonning parvosiz va sistematik hujumlari bilan to‘qnashuvga aylanib ketishidan xavotirda ekanliklarini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek,

“Bu hujumning hajmi Armaniston imkonlariga kattalik qiladi. Maqsad Tog‘li Qorabog‘ muammosining hal qilinishiga to‘siqliq qilish va urush chiqarishdir. Turkiya, Ozarbayjonning haqqi, huquqi va tuproqlarini nishonga olgan har qanday hujumga qarshi turishda aslo ikkilanmaydi.” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #Ayasofiya , #pandemiya

Aloqador xabarlar