Ibrohim Kalin:"Turkiya Liviyadagi qonuniy hukumatni qo’llab-quvvatlaydi"

Prezident  matbuot kotibi  Ibrohim Kalin, Turkiya  Liviyadagi qonuniy Tripoli  hukumatni  bundan  keyin ham quvvatlashini davom etadi dedi.

1451418
Ibrohim Kalin:"Turkiya Liviyadagi qonuniy hukumatni qo’llab-quvvatlaydi"

Prezident  matbuot kotibi  Ibrohim Kalin, Turkiya  Liviyadagi qonuniy Tripoli  hukumatni  bundan  keyin ham quvvatlashini davom etadi dedi.

İbrahim Kalin kun tartibiga tegishli  Anadolu Agentligiga (AA) bayonotlar berdi.

Liviya qonuniy hukumatining iltimosiga ko'ra o'tgan yil dekabr oyida Liviya  bilan Harbiy Hamkorlik va Xavfsizlik Shartnomasi  imzolaganliklarini eslatdi.

“Biz ushbu bitim doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tan olingan qonuniy hukumatni qo'llab-quvvatlaymiz. Hozirda Turkiyaning aralashuvi bilan  Liviyada bir muvozanat keltirildi  buni barcha tan oladi.

Agar Prezidentimizning  bunday bir uzoq nazariyali  aralashuvi bo’lmasa edi, Liviyada to’qnashuvlar  yanada kuchaygan bo'lardi, ko'p odamlar o'lishi va Liviyaning parchalanishi muqarrar edi" dedi.

Kalin Serraj hukumati tinchlik  yo'li bilan yechim topishga urinayotganligini ta'kidlab, 2019 yil aprel oyida Abu Dabi kelishuvidan beri deyarli 1,5 yil davomida To'ntaruvchi Hafter  barcha kelishuvlarni, sulh e'loni   va  tinchlik muzokaralarini buzganligini aytdi.

Liviyada sulh  chaqirig'iga ishora qilib, Kalin,

“Tripoli hukumati bu sulhga chaqiruvga qarshi emas, ammo sulhning barqarorligi uchun muayyan shartlari mavjud. Ulardan biri 2015 yilda imzolangan "Sahirat" kelishuvidagi o'z pozitsiyalariga qaytishi kerak. Shunga ko'ra,  Hafter  kuchlari Sirte va Jufradan chiqib ketishlari kera “deya qayd etdi.

Ibrohim  Kalin Turkiyaning qonuniy  Tripoli  hukumatini qo'llab-quvvatlashi oxirigacha davom etadi deb qayd etdi.

Sharqiy O'rta Yer dengizida Yunoniston tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar haqida gapirgan Kaln, shuningdek "Sharqiy O'rta yer dengizida  Turkiyani  yo’q deb hisoblab energiya xaritasi va siyosiy barqarorlikni o'rnatishlari  mumkin emas” deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar