Erdo‘g‘an, “Shahar kasalxonalari Yevropada birinchi, dunyoda esa sanoqli kasalxonalar qatorida.”

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulning Kartal tumanida “Doktor Lutfi Kirdar” (Dr. Lütfi Kırdar) nomidagi shahar kasalxonasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1448968
Erdo‘g‘an, “Shahar kasalxonalari Yevropada birinchi, dunyoda esa sanoqli kasalxonalar qatorida.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyadagi shahar kasalxonalarining Yevropada birinchi, dunyoda esa sanoqli kasalxonalar qatorida ekanligini qayd etdi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulning Kartal tumanida “Doktor Lutfi Kirdar” (Dr. Lütfi Kırdar) nomidagi shahar kasalxonasining ochilish marosimida nutq so‘zladi va unda,

“Yangi kasalxonamizning Istanbulga munosib asar bo‘lishdan tashqari atrof – muhitining ekologik jihatdan toza, yer silkinishiga bardoshli bo‘lishini xohladik. Kasalxona, bino zaminida o‘rin olgan 855 dona izolyator bilan Istanbulning eng mustahkam ta’sislaridan biri bo‘ldi” dedi.

Erdo‘g‘an,

“Aspob – uskunalari, infratuzilmasi jihatidan kasalxonamizda bir yilda 3.5 million bemor oyog‘da, 150 ming bemor esa kasalxonada yotib davolanishini rejalashtirmoqdamiz. Bu yerda saraton kasalligi bo‘yicha jarroh bosh bo‘lish bilan birga bir yilda 100 ming amaliyot qilinishini ko‘zda tutilmoqda.” deya gapirdi.  

Dunyo bo‘ylab 550 ming insonning umriga zomin bo‘lgan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining, sog‘lik va sog‘likni saqlash infratuzilmasining ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Biz ko‘rgan chora va tadbirlar, rivojlantirgan usullar yordamida pandemiyani eng kam o‘lim holati bilan yengan davlatlar ro‘yhatidan o‘rin oldik. Pandemiya xavfi ostidagi hech qaysi yurttoshimizni kasalxona darvozasidan qaytarmadik. Hech qaysi bemorni davolashdan bosh tortmadik. Bu murakkab jarayonda 83 millionning har bir a’zosiga eng sifatli xizmat ko‘rsatdik. Koronavirusga qarshi o‘rnak tashkil etuvchi kurashimiz, sog‘likni saqlash turizmi tarmog‘ida Turkiya uchun yangi imkon panjarasi ochdi. Shunday ekan Turkiyani uch qit’aning sog‘likni saqlash markaziga aylantirishda qarorimiz qat’iydir" degan ifodalarga o‘rin berdi.

Braziliyadan Somaliga qadar dunyoning bir necha davlatida Turkiyada ishlab chiqarilgan sun’iy nafas olish jihozlari ishlatila boshlaganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Din, til, irq va mintaqa bo‘lmay, dunyoning 138 davlatiga tibbiy ashyo jihatidan yordam yubordik. Shahar kasalxonalarimiz, bundan ishonchim komil, Yevropada birinchi, dunyoda esa sanoqli kasalxonalar qatorida” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar