Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Iordaniya qiroli bilan muloqot qildi

Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Iordaniya qiroli II Abdulloh suhbat avvalida butun musulmon olami uchun shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo‘lgan qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birilarini o‘zaro tabrikladilar.

1422651
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Iordaniya qiroli bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Iordaniya qiroli II Abdulloh bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ikki yetakchi suhbat avvalida butun musulmon olami uchun shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo‘lgan qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birilarini o‘zaro tabrikladilar. 

Shuningdek, Turkiya-Iordaniya munosabatlari, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Qolaversa, koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish borasida yaqindan hamkorlik masalalariga alohida to’xtalib o’tildi.



Aloqador xabarlar