Turkiya tez yordam havo vositalari xizmatini bepul beradigan yagona davlat...

Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan holatlarda tez yordam havo vositalari inson hayotini saqlab qolishda muhim omillardan biri isoblanadi.

1407402
Turkiya tez yordam havo vositalari xizmatini bepul beradigan yagona davlat...

 

 

Turkiya bu yil xorij mamlakatlardan 453 nafar bemorni tez yordam vertolyotlarida, 211 nafar bemorni esa, tez yordam samolyotida mamlakatga olib keldi.

Bu haqda Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja tvitterda ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya 2008 yildan beri tez yordam havo vositalari xizmatini berib kelmoqda. Ushbu xizmatni to’liq mahalliy imkoniyatlar bilan bepul berib kelayotgan dunyoda yagona davlat Turkiyadir. Ushbu tez yordam vositalari har qanday vaziyatni hal qilish uchun to’liq tibbiy yordam uskunalari bilan jihozlangan.

“Faqatgina joriy yilning o’zida 453 bemor tez yordam vertolyotlarida, 211 nafar bemor tez yordam samolyotida mamlakatimizga olib kelindi. Bu kabi salomatlik xizmatlari faqatgina fil’mlarda bo’ladi deb o’ylaganlar Turkiyaga nazar tashlasin va bunga amin bo’lsinlar!”,-deb yozgan Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja tvitterdagi sahifasida.

 

 



Aloqador xabarlar