Gretsiyada karantinga olingan kemadagi turklar vataniga qaytdi

Gretsiyada 3 aprelda karantinga olingan “El. Venizelos” kemasidagi Turkiya fuqarolari mamlakatga keltirildi.

1401028
Gretsiyada karantinga olingan kemadagi turklar vataniga qaytdi

 

Gretsiyada 3 aprelda karantinga olingan “El. Venizelos” kemasidagi Turkiya fuqarolari mamlakatga keltirildi.

Kemadagi yo’lovchilardan 152 nafari Turkiya fuqarolari va 8 nafari xorij davlatlari fuqarolari hisoblanadi.

Karantin muddati tugashi bilanoq poytaxt Afinadan maxsus avtobuslarda yo’lga otlangan 160 yo’lovchi “Ipsala” chegara postiga yetib keldi.

Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan 35 yo’lovchi Tekirdag’ viloyatiga, 89 yo’lovchi Chanoqqal’a viloyatiga yuborildi.

Eslatish joizki, Gretsiyaning Pire portida “El. Venizelos” nomli kemaning ba’zi yo’lovchi va ekipaj a’zolarida koronavirus aniqlanishi tufayli 3 aprelda karantinga olingandi.

Virusga chalingan yo’lovchilar va ekipaj a’zolari kemada davolandi. Sog’ayib ketganlar Afinadagi ba’zi mehmonxonalarda 14 kunlik karantinga olingandi.


Tanlangan kalimalar: #karantin , #El. Venizelos , #koronavirus , #Gretsiya

Aloqador xabarlar