Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan muloqot qildi

“Ikki yetakchi Suriya hukumati qo’shinining Idlibdagi hujumlarini, buning oqibatida mamlakat shimoli-g’arbida yuzaga kelgan gumanitar inqirozni va Liviyadagi vaziyatni muhokama qildi”,-dedi Pentagon kotibi.

1368408
Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy mudofaa vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, Hulusi Akar va Mark Esper muloqot chog’ida Suriyaning Idlib viloyatidagi so’ngi vaziyatni muhokama qildi, shuningdek, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha fikr almashdi.

Pentagon ushbu suhbat tafsilotlariga izoh bildirdi.

“Telefondagi muloqotda aytilganidek, AQSh Turkiya va jahon jamhamiyati bilan hamkorlikda ish olib borish yo’llarini qidiryabdi”,-deyiladi Pentagon bayonotida.

Pentagon kotibi Karla Gleason Esper va Hulusi Akar o’rtasidagi muloqotga doir shunday dedi:

“Ikki yetakchi Rossiya va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan Suriya hukumati qo’shinining Idlibdagi hujumlarini, buning oqibatida mamlakat shimoli-g’arbida yuzaga kelgan gumanitar inqirozni va Liviyadagi vaziyatni muhokama qildi”,-dedi Pentagon kotibi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mark Esper , #Pentagon , #AQSh , #Idlib , #Hulusi Akar , #Turkiya , #Suriya

Aloqador xabarlar