Prezident Erdo'g'an, Van va Istanbuldagi falokat tufayli chuqur qayg’da ekanligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning Van viloyatidagi qor ko’chkisi va Istanbuldagi Sabiha Go’kchen aeroportida yuz bergan uchoq falokati tufayli chuqur qayg’da ekanligini qayd etdi.

1354484

Prezident Erdo'g’an Twitter orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Elazig’dagi yer silkinishi va Suriyaning Idlib viloyatidagi turk askarlarining shahid qilinishi ortidan yuz bergan voqealarning qayg’usini orttirganligini ta’kidlagan holda, nomi tilga olingan voqealarda jon bergan yurttoshlaru shahidlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Prezident Erdo'g’an bu haqida,

“Ketma-ket kelgan falokatlar, avariyalar va jirkanch hujumlar oldida har doim bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqargan; kuchini va sabrini butun dunyoga qayta-qayta ko’rsatgan Turkiya Respublikasi, Xudo xohlasa bu kunlarni ham davlat va xalq hamjihatligida ortda qoldiradi. Falokatlarga qarshi tayyorgarligimizni orttiramiz. Ofat va falokatlardan ziyon ko’rgan fuqarolarimiz, shahidlarimizning oilalari va g’oziylarimizga har doimgidek quchoq ochib, ularga yordam beramiz. Eng muhimi mazkur jarayonda barcha tashiklotlarimiz bilan birga xalqimizning yonidamiz” degan ifodalarga o'rin berdi.  

Aloqador xabarlar