Prezident Erdo'g'an 200-250 ming muhojirning Turkiya chegarasi tomon yo’l olganligini qayd etdi

Prezidentlik qarorgohida uyushtirilgan “Shahar va xavfsizlik simpoziumi”da nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an, Suriyaning Idlib shahrida yuz bergan oxirgi vaziyatga to’xtaldi.

1333483
Prezident Erdo'g'an 200-250 ming muhojirning Turkiya chegarasi tomon yo’l olganligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an 200-250 ming muhojirning Turkiya chegarasi tomon yo’l olganligini qayd etdi.

Prezidentlik qarorgohida uyushtirilgan “Shahar va xavfsizlik simpoziumi”da nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an, Suriyaning Idlib shahrida yuz bergan oxirgi vaziyatga to’xtaldi.

Prezident unda 200-250 ming muhojirning Turkiya chegarasi tomon yo’l olganligini qayd etar ekan o’z so’zini,

“Ba’zi choralar bilan oldini olishga urinyapmiz lekin oson emas chunki ular inson, odam bolasi. Odam bolasini qanchalik qadrlasangiz, sizning xavfsizligingiz ham ana shunchalikdir deganlaridek” deb davom ettirdi.

Yevropa davlatlaridagi xavfsizlik muammolarini ham baholagan Erdo’g’an,

“Shuni aniq ayta olamanki bular ularning yanayam yaxshi kunlari. Ularni yana ko’plab musibatli kunlar kutmoqda. Chunki xavfsizlikni tahdid ostiga qo’ygan giyohvandlik bilan aloqali hodisalarning hammasining baronlari bizdagi terror tashkilotlari bilan birgalikda ish olib bormoqda” deya gapirdi.

Yevropada davom etgan harakatlar ustidan yo’lga qo’yilgan xavfsizlik choralarini tanqid qilgan Prezident Erdo'g’an,

“Go’yo qoida, tartib va erkinlik ramziga aylangan g’arb shaharlari birdaniga qamoqxonalarga aylandi” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar