Yevrosiyo kun tartibi 1-qism

So’ngi yillarda Turkiyaning Yevrosiyo mintaqasidagi davlatlar bilan bo’lgan munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda.

1332419
Yevrosiyo kun tartibi 1-qism

 

                  

Yangi 2020 yil mobaynida Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida efirga uzatiladigan Yevrosiyo kun tartibi dasturi orqali uchrashib turibmiz.

Aziz muxlislar! So’ngi yillarda Turkiyaning Yevrosiyo mintaqasidagi davlatlar bilan bo’lgan munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa, mamlakatlar o’rtasida o’zaro va mintaqaviy masalalarni hal qilishga xizmat qiladi. Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vazirligining yangi davrda Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishini “Qaytatdan Osiyo tashabbusi” deb nomlashi Turkiya-Yevrosiyo davlatlari munosabatlarining kafolati deyish mumkin.

Yevrosiyoning ahamiyatga molik davlatlaridan biri shubhasiz, Rossiya Federatsiyasidir. Turkiya-Rossiya munosabatlari oxirgi yillarda yuqori ko’rsatgichga erishdi. Turkiya Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilib, o’zaro munosabatlarni yanada mustahkamladi. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oxirgi uch yilda 20dan ortiq yuzma-yuz uchrashuvi, 50dan artiq telefon orqali muloqoti bo’lib o’tdi. U ham bo’lsa, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Suriya masalasini hal qilishda Rossiya-Turkiya hamkorligining qanchalik ahamiyatga molik ekanligi oshikor. Bu jihatdan 2020 yil Turkiya-Rossiya munosabatlari jihatidan samarali yil bo’lishini aytish mumkin.

Ta’kidlash joizki, Vladimir Putin 2020 yilning 8 yanvar kuni Istanbulga tashrif buyuradi. Qolaversa, Putin Rossiya Federatsiyasi uchun o’ta qadrli bo’lgan G’alaba bayramining 75 yilligini nishonlash marosimlariga prezident Erdo’g’anni taklif qildi. Turk oqimi, Akkuyu gidroelektr stansiyasi, S-400 zenit raketa majmualari, harbiy samolyotlar, turizm sohasi va boshqa Suriya masalasi kabi muhim mavzularda ikki davlat yaqindan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Bundan tashqari, Ukraina bilan Turkiya munosabatlari ham ijobiy davom etmoqda. 2019 yilda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy saylovdagi g’alabasidan so’ng, Turkiyaga dam olish uchun keldi va 7 avgustda poytaxt Ankaraga rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Qoradengiz xavfsizligi va Qrim masalasi kabi muhim mavzularda ikki davlat bir-birini qo’llab-quvvatlamoqda. 2020 yili Turkiyaning Ukraina bilan munosabatlari barqaror davom etishi kutilmoqda.

Qolaversa, Belorusiya bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar ham tobora rivojlanmoqda. Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko 2019 yil 16 aprel kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi. 2020 yili prezident Erdo’g’an ham davlat tashrifi bilan Ukraina va Belorusiyaga safar qilishi mumkin.

Turkiyaning qo’shni davlat Gruziya bilan bo’lgan munosabatlariga to’xtaladigan bo’lsak, yangi 2020 yilda Gruziya-Turkiya munosabatlari xalqaro tranzit davlat bo’lishi natijasida yanada rivojlanishi ehtimoldan holi emas. Baku-Tbilisi-Jayhun neft quvur liniyasi va TANAP quvur tarmoq liniyasi bilan sharqdagi neft g’arbga yetkaziladi. Bu ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari azaliy qardoshlik aloqalariga ega. O’zaro ishonch va birdamlik asosida shakllangan Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari xalqaro platformada ham davom etmoqda. Har ikki davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa kengashi, Qoradengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turk kengashi va Islom Hamkorligi tashkilotida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.  Turkiya va Ozarbayjon hamkorligida yo’lga qo’yilgan uch tomonlama mexanizmlar 2020 yilda ham davom etishini aytish mumkin.

Turkiya 2019 yili Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga yetakchilik vazifasini Tojikistondan qabul qilib oldi. Turkiyaning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi mamlakatning sharqdagi musulmon va turkiy davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarda tashabbus ko’rsatish, mintaqaviy va global muammolarga yechim qidirish, o’z nazariyalarini ilgari surish imkoniyatini beradi.

Aziz tinchlovchilar! Turkiyaning turkiy xalqlar bilan bo’lgan munosabatlari jihatidan 2020 yil juda samarali yil bo’ladi degan umiddamiz. Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan Turkiy kengashdagi faoliyatlar ham jadallik bilan davom ettirilishini aytish mumkin.

Ta’kidlash joizki, Turkiy kengashining 2020 yildagi sammiti Turkiyada bo’lib o’tadi. 4-Xalqaro ko’chmanlar o’yinlarining 2020 yili Bursada o’tkazilishi hisobga olinganda, ikki muhim faoliyatning Qirg’izistonda bo’lgani kabi birin-ketin o’tkazilishi ehtimoldan holi emas. Turkiy kengash sammiti arafasida yoki 2020 yil boshlarida Qozog’istonning yangi prezidenti Qosim Jo’mart To’qayevning davlat tashrifi bilan Turkiyaga kelishi mumkinligini aytish mumkin.

Turkiya 2020 yili O’zbekistonning Turkiyzabon davlatlar Parlament assambleyasi, TURKSOY, Turk madaniyat va meros jamg’armasi, Turk akademiyasiga a’zo bo’lishi va tashkilotlar bilan hamkorligini yo’lga qo’yishiga yordam beradi. Turkiyaning O’zbekistonga kiritigan investitsiyalari tez orada ikki davlat munosabatlariga ijobiy hissa qo’shganligini e’tirof etish mumkin.

Turkiyaning Turkiy kengash sammitiga mezbonlik qilishi Turkmanistonning turkiy xalqlar bilan yanada yaqinlashishi uchun ba’zi qadamlarni tashlashiga turtki bo’lishi mumkin. Vaholanki, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 2019 yilning 6 dekabr kuni Turkiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga ahamiyat berishini ma’lum qilgandi.

O’rni kelganda shuni ta’kidlash joizki, 2019 yili Turkiya Turkiyzabon davlatlar Parlament assambleyasiga (TurkPa) raislikni muvaffaqiyatli ado etib, raislik vazifasini Ozarbayjonga topshirdi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 2020 yili Turkiyaning tashabbuskorligi va tashqi siyosatini davom ettirishi hamda Yevrosiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan bo’lgan munosabatlarida juda samarali yil bo’ladi degan umiddamiz.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevrosiyo , #Turkiya

Aloqador xabarlar