Turkiya Chili hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi
“Chili harbiy-havo kuchlariga oid samolyotning okeanga qulab tushganligidan xabardor bo’ldik. Ushbu kutilmagan fojiada halok bo’lganlarning oilalariga, Chili hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,- deyiladi bayonotda.
1322857
Turkiya harbiy samolyot fojiasida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Chili hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Chili harbiy-havo kuchlariga oid samolyotning okeanga qulab tushganligidan xabardor bo’ldik. Ushbu kutilmagan fojiada halok bo’lganlarning oilalariga, Chili hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,- deyiladi bayonotda.
Mamlakat janubidagi Punta-Arenasdan Antarktikadagi harbiy bazaga parvoz qilgan “Hercules C130” samolyotidan yetti soat o‘tgach aloqa uzilgandi.
Samolyot bortida 17 nafar ekipaj va 21 nafar yo‘lovchi bo’lib, jami 38 kishi bo’lgan.