Turkiyadan Germaniyaga ko’chganlar nafaqat iqtisodiy va madaniy tuzilishga hissa qo'shganlar.

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) Raisi Abdulloh  Eren,  Turkiyadan Germaniyaga ko’chganlar nafaqat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy tuzilishiga  katta hissa qo'shgandir  dedi.

1298508
Turkiyadan Germaniyaga ko’chganlar nafaqat iqtisodiy va madaniy tuzilishga hissa qo'shganlar.

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) Raisi Abdulloh  Eren,  Turkiyadan Germaniyaga ko’chganlar nafaqat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy tuzilishiga  katta hissa qo'shgandir  dedi.

YTB tomonidan berilgan yozma bayonotga ko’ra  ​​Eren, Germaniyaga  ko’chishning 58 yilligini baholadi.

Yevropa davlatlari Turkiyaning Yevropadagi mavjudligini foyda sifatida ko'rishlari kerakligini ta'kidlagan Eren so'zlarini shunday  davom ettirdi:

"Vaqt o’tish bilan ular nemis ish  kuchiga emas, balki iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy tuzilishga ham faol hissa qo'shadigan jarayonni keltirib chiqardi. Ushbu jarayonda birinchi avlod, ularning aksariyati tilini hatto  bilmaydigan bu mamlakatda muvaffaqiyat qahramonlari bo'lgan to'rtinchi avlodga yetib keldi. Men ishonamanki, bizning yosh va baquvvat avlodimiz yashagan  jamiyatga malakali hissa qo'shgan holda, ona  vatan va ona tili bilan aloqalarini uzmasdan, ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda muhim rol o'ynaydi.

Bayonotda, bundan 58 yil oldin, 1961- yil 30- oktabrda Germaniyaning Bonn shahrida "Ishchilarni yollash to'g'risidagi bitim" imzolanganini , birinchi navbatda 2 ming 500 nafar Turk fuqarosi Germaniyaga ko’chganini  ta'kidladi.

Turk fuqarolari, Germaniyada o'tgan davrda, siyosatdan tortib, jamiyatning har jabhasida iqtisodiyotga, madaniyat va sportga qadar, har sohada o’z mavjudiyatini davom etirdilar.

Germaniyada 3,5 milliondan ortiq turk mavjudligini  fuqarolar  to'rtinchi avlodga yetganliklarini bildirdi. YTB sifatida  chet eldagi yurtdoshlarimizning Ta'lim, madaniyat va huquq kabi ko'plab sohalarda  ularning ehtiyojlarini qondirish uchun loyihalar  amalga oshirayotganlarini  ta'kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Abulloh Eren , #58 yil , #Ko'ch , #Germaniya , #Turklari , #YTB

Aloqador xabarlar