Turkiya, Misrning Prezident Erdo'g'anni nishonga olgan bayonotini rad etdi

Turkiya TIV Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Misr TIV Matbuot xizmati kotibining Prezident Erdo'g'anni nishonga olgan yolg’on va tuhmatlar bilan to’ldirilgan bayonotini rad etganliklarini ma’lum qildi.

1277768
Turkiya, Misrning Prezident Erdo'g'anni nishonga olgan bayonotini rad etdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Misr Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibining Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni nishonga olgan yolg’on va tuhmatlar bilan to’ldirilgan bayonotini rad etganliklarini ma’lum qildi.

Hami Aksoy, Misr Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi tomonidan kecha berilgan bayonoti haqidagi savolga yozma ravishda javob berar ekan bu borada,

“Misr Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibining haddini oshgan va shu yilning 24-sentabr kuni yurtimiz bilan yurtboshimizni nishonga olgan yolg’on va tuhmatlarga to’ldirilgan bayonotini rad etamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Yozma ravishdagi bayonotini,

“Hukmronlikni, to’ntarish orqali qo’lga kiritganlarning Turkiyadagi demokratiyani tanqid qilishi umuman tragikomik vaziyatdir” degan so’zlar orqali boshlagan Aksoy,

“Misrda inson huquqlari bemalol va uzluksiz paymol qilinmoqda. Ham Turkiya, ham xalqaro hamjamiyatning mas’ul bir a’zosi sifatida bular bas qilinishi kerak deb o’ylayman. Misr xalqining demokratiya, adolat, teng huquqlilik, erkinlik va tinchlik kabi tabiiy va qonuniy talablariga javob berilishi shart” dedi.

Misrdagi qamoqxonalarda dahshatli qoida va siyosiy qarorlar olib borgan sud jarayonining xalqaro hamjamiyat tomonidan ma’lum ekanligini ta’kidlagan Aksoy, buning hatto turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham tanqid qilinganligini o’z so’ziga ilova etdi.  

Aksoy Misr yetakchiligining, “yaxshi niyatdagi undov va takliflarga” ijobiy tusda quloq solish o’rniga paymol qilgan inson huquqlarini yopti-yopti qilish va Misr xalqining eng asosiy talablarini e’tiborga olmaslik uchun, avval ham bo’lganidek bugungi kunda ham hujumkor munosabatda bo’lishlik yo’lini tanlaganligini qayd etdi.  

Misrning terrorizmga qarshi kurashda yetakchi rol va katta tajribaga ega bo’lgan Turkiyani bu borada nishonga olishlikning, yuqorida nomi tilga olingan hujumkor munosabatining ko’rsatkichi ekanligini ta’kidlagan Aksoy,

“Turkiya FETOdan boshqa PKK/ YPG, al-Qoida, DEASh terror tashkiloti bilan uzoq yillardan beri kurash olib bormoqda. Turkiyaning chegarasiga xavf tug’dirgan terrorizmga qarshi olib borgan mazkur kurashi, Suriya bosh bo’lish bilan birga qo’shni davlatlarning hududiy yaxlitligi bilan mintaqaning xavfsizlik va tinchligininin saqlanib qolinishiga ham alohida hissa qo’shmoqda. Bayonotda ochiq-oydin guvohi bo’lganimizdek hukmronlikni to’ntarish orqali qo’lga kiritganlarning, to’ntarishchilarni qo’llab-quvvatlashi ham ajablanarli emas. Bu vaziyat Misr yetakchiligining zulm va zolimlikka tayangan hulq-atvorini ask ettirishdan boshqa hech narsaga yaramaydi. Turkiya, qardosh Misr xalqining tinchligi uchun printsipial munosabatini davom ettiradi. Misrning demokratiyaga qaytishi, haq-huquq va erkinligining ta’minlanishi haqida fikrini bayon etishdan voz kechmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar