Erbilda qurolli hujum uyushtirildi: Bosh konsullik xodimi shahid bo’ldi.

Iroqning shimolidagi Erbil shahrida Turk konsullik xodimlari ichida  bo’lgan bir restoranga qurolli hujum uyushtirilishi natijasida 1 nafar Turk diplomat shahid bo’ldi.

1237282
Erbilda qurolli hujum uyushtirildi: Bosh konsullik xodimi shahid bo’ldi.

 

Iroqning shimolidagi Erbil shahrida Turk konsullik xodimlari ichida  bo’lgan bir restoranga qurolli hujum uyushtirilishi natijasida 1 nafar Turk diplomat shahid bo’ldi.Hujumda bir kishi ham tan jarohati olgan.

Voqea joyiga  ko’p sonda xavfsizlik kuchi  jo'natildi.Hujumni uyushtirgan terrorist  yo’q qilindi.

Ba’zi manbalar esa bosqinchi yoki bosqinchilar qochib ketganini, shu  bois Erbildi barcha kirish chiqish to’silgan.

Restoran sohibining bergan ma’lumotga ko’ra, Konsullik xodimlari ichkari kirgandan keyin noharbiy kiyingan va yonida ikki qurol bo’lgan bosqinchi, to’g’ridan Konsullik xodimlarini nishon olib o’q uzgan.

Tashqi ishlari vazirligidan, bosh konsullik xodimi shahid bo’lgan hujum bilan aloqali berilgan bayonotda,

“ Bugun ( 17- iyul) tushtdan keyin Erbil Bosh konsulligimizning bir  xodimi Bosh konsullik binosining tashqarisida  bo’lgan bir paytda  qurolli  hujumga uchrashi natijasida shahid  bo’ldi.

Bosqinchilarning tezda topilishi uchun Iroq hukumati va mahalliy vakillarga tashabbusimiz davom etmoqda. Shahdimizga  Ollodan mag’firat,  xonadoniga va  turk millatiga sabrlar tilaymiz” deyildi.

Prezidentlik  matbuot kotibi Ibrohim Qalin ham ijtimoiy tarmoq tvitterdan bergan bayonotda,

“Ushbu xoin hujumni uyushtirgan kerakli javon  beriladi” dedi.

 


 

 


Tanlangan kalimalar: #Shahid , #Bosh Konsullik , #Erbil

Aloqador xabarlar