Riza Hakan Tekin: “AQSh, Yaqin Sharqda qisqa muddatli va tor siyosat kuzatmoqda”.

Poytaxt Anqarada, “Turkiya-Pokiston-Eron hamkorligi simpoziumi” uyushtirildi.

1190769
Riza Hakan Tekin: “AQSh, Yaqin Sharqda qisqa muddatli va tor siyosat kuzatmoqda”.

 “Amerika Qo’shma Shtatlari Yaqin Sharqda qisqa muddatli va tor siyosat kuzatmoqda”.

Bu ko’z qarash poytaxt Anqarada uyushtirilgan “Turkiya-Pokiston-Eron hamkorligi simpoziumi” chog’ida Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo bo’limi boshlig’i, elchi Riza Hakan Tekin tomonidan tilga olindi.

Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitet, Eron tadqiqot markazi, Islomobod Strategik tadqiqotlar instituti, Eron Siyosiy va xalqaro tadqiqotlar instituti sherikligida uyushtirilgan simpoziumda Riza Hakan Tekindan tashqari Eronning Anqaradagi elchisi Muhammed Farazmand, ko’plab diplomat va akdemik ishtirok etdi.

Riza Hakan Tekin mazkur simpoziumda so’zlagan nutqida AQSh tomonidan Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi haqidagi qarorga to’xtalar ekan u bu haqida, “Amerika Qo’shma Shtatlari Yaqin Sharqda qisqa muddatli va tor siyosat kuzatmoqda. Bu vaziyat tomonlar bilan bo’lgan uchrashuvlar chog’ida tez-tez kun tartibiga olib chiqilmoqda” dedi. ”.

Nomi tilga olingan sanksiyalarning ta’sirini kamaytirish uchun mintaqaviy hamkorlik alohida o’ringa ega ekanligiga e’tibor qaratgan Tekin Turkiya, Eron va Pokistonning ulkan salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar