Kanadalik Janette Bramley farzandini suvda dunyoga keltirish uchun Turkiyani tanladi

Aslida Kanada fuqarosi bo’lgan Janette Bramley islom dinini qabul qilganidan keyin Turkiya fuqarosi Barish Kaba bilan turmush qurdi. Nikohdan o’tganidan keyin turmush o’rtog’ining yonida bo’la olish maqsadida Turkiyaga ko’chib keldi.

1140698
Kanadalik Janette Bramley farzandini suvda dunyoga keltirish uchun Turkiyani tanladi

Anqarada istiqomat qilgan kanadalik Janette Bramley farzandini suvda dunyoga keltirish uchun bir necha imtiyozlari tufayli o’z yurti o’rniga Turkiyani tanladi.  

Aslida Kanada fuqarosi bo’lgan Janette Bramley islom dinini qabul qilganidan keyin Turkiya fuqarosi Barish Kaba bilan turmush qurdi. Nikohdan o’tganidan keyin turmush o’rtog’ining yonida bo’la olish maqsadida Turkiyaga ko’chib kelgan Bramley, bundan 9 oy oldin homila ekanligi haqidagi suyunchli xabarni oldi.

Ikkala mamlakatning sog’likni saqlash tizimi va farzand dunyoga keltirishga bo’lgan yondoshishlarini ko’rib chiqqan kanadalik ona o’z ixtiyori bilan, Sog'liqni saqlash fanlari universitetining poytaxt Anqaraning Etlik tumanida joylashgan “Zubeyda Hanım” nomidagi Xotin-qizlar salomatligi bo’yicha ta’lim olish vatadqiqot ishlari yuritish kasalxonasi tomonidan kuzatib borildi.

Farzandini dunyoga keltirish uchun kasalxonaga bog’liq faoliyat olib borgan “farzandni suvda dunyoga keltirish usuli”ni tanlagan kanadalik ona, bundan on kun oldin chaqalog’i Layla Afifani kuchog’iga oldi.  

Farzandini dunyoga keltirish uchun nima sababdan Turkiyani tanlaganligi haqida aytib bergan Janette Bramley, ikkala mamlakatning sog’likni saqlash tizimining farqli ekanligini ifoda etdi.

Bramley bu borada,

“Farzandingizni suvda dunyoga keltirish uchun Kanadada sog’likni saqlash tizimi va sug’urtadan foydalana olmaysiz. Turkiyada esa bu ishlar yana-da tartibli, qoidali ravishda yo’lga qo’yilmoqda” dedi.

Farzandini suvda dunyoga keltirish usuli, homilador ayollar uchun qulay yo’l ekanligini eslatgan Janette Bramley

“Tug’ish jarayonida og’riqlarimni hech his qilganim yo’q. Suv ichida judayam xotirjam edim. Boshqa madaniyat va boshqa tilda so’zlashishiga qaramay bu yerdagi shifokorlarning, enagalarning xullas menga yordam bergan hammaning ingiliz tilida gaplasha olishi meni tinchlantirdi. Bu bir tajriba va men bundan xursandman. Chet ellik barcha homilador ayollarga Turkiyadagi sog’likni saqlash tizimini tafsiya qilgan bo’lardim” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar