Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Xitoy elchisidan ishonch yorlig'ini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 7 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Deng Lini qabul qildi.

1140840
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Xitoy elchisidan ishonch yorlig'ini qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 7 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasi, Italiya va Eronning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchilari etib tayinlangan Deng Li, Massimo Gaiani va Muhammad Farazmandni qabul qildi.

Prezidentlik saroyida bo'lib o'tgan qabul chog'ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Xitoy Xalq Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Deng Li, Italiyaning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Massimon Gaiani hamda Eronning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Farazmanddan ishonch yorliqlarini qabul qildi. 

Prezident Erdo'g'an yangi tayinlangan elchilarning boy tajribasi, bilimi va samarali diplomatik faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, yangi tayinlangan elchilar ham samimiy qabul uchun prezident Erdo'g'anga minnatdorlik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.

Qabulda Xitoy, Italiya va Eron elchilarining turmush o'rtoqlari hamda elchixona xodimlari ham ishtirok etishdi. Ular esdalik uchun Turkiya prezidenti bilan fotosuratga tushdilar.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar