Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va qirolicha Rania Al Abdulloh Istanbulga tashrif buyurdi

Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va qirolicha Rania Al Abdulloh sharafiga Istanbuldagi Tarabya ko’shkida ziyofat berdi.

1137701
Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va qirolicha Rania Al Abdulloh Istanbulga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha oqshom Istanbulda Iordaniya qiroli 2-Abdullohni kutib oldi.

Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va qirolicha Rania Al Abdullohga Istanbuldagi Tarabya ko’shkida ziyofat berdi.

Oliy martabali mehmon va turmush o’rtog’i Rania Al Abdulloh Tarabya ko’shkining balkonidan Istanbul bo’g’ozidagi chiroyli manzarani tomosha qildilar.

So’ngra, xashamatli ko’shkda mehmon bo’ldilar. Ziyofatga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li va savdo vaziri Ruhsor Pekjan ham ishtirok etdi.

Ikki yetakchi suhbat chog’ida Turkiya va Iordaniya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ko’zdan kechirdi. Shu bilan birga, turli sohalarda hamkorlikni yana-da rivojlantirishga kelishib oldilar.

Prezident Erdo’g’an va qirol Abdulloh Falastin va boshqa mintaqaviy masalalar hamda xalqaro o’zgarishlar haqida fikr almashdi.

 

 



Aloqador xabarlar