Chavusho’g’li Suriyani kim boshqarishi kerakligiga suriyaliklar qaror berishi kerakligini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Doha forumi” doirasida uyushtirilgan oliy darajali xususiy majlisda ishtirokhilarning savollariga javob berdi.

1107932
Chavusho’g’li Suriyani kim boshqarishi kerakligiga suriyaliklar qaror berishi kerakligini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyani kim boshqarishi kerakligiga suriyaliklar qaror berishi kerakligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li, “Doha forumi” doirasida uyushtirilgan oliy darajali xususiy majlisda ishtirokhilarning savollariga javob berdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, “Suriyaning kelajagida Asadning ham o’rin olishiga rozimiz” degan savolga qarshi, “Bugungi kunda biz amalga oshirmoqchi bo’lgan narsa, Suriyaning konstitutsiya loyihasidir. Buni esa o’zlari ishlab chiqishi kerak” deba javob berdi.

Mamlakatning saylovlarga tayyorgarlik ko’rishi kerakligini eslatgan Chavusho’g’li  

“Bu vaziyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshchiligida amalga oshishi darkor. Keng ko’lamli bo’lishi shart. Hamma huquqlarga ega bo'lishi kerak. Suriyadagi va Suriyaning tashqarisidagi hammani o’z ichiga olishi darkor. Oxirgi yetti yil ichida o’z uy-joyidan mahrum bo’lgan, yurtimizda, dunyoning boshqa davlatlarida muhojir sifatida umr surgan hammani o’z ichiga olishi darkor. Ishonchli, shaffof va demokratik saylov bo’lishi kerak. Undan keyin suriyaliklarning Suriyani kimning boshqarishi kerakligiga qaror berishi kerak” dedi.

 



Aloqador xabarlar