Jamol Qoshiqchining o'limidan keyin Londonda yashagan shahzoda Ahmad vataniga qaytdi

Qrol Salmanning hayotda bo'lgan so'ngi o'z birodari shahzoda Ahmad, Qoshiqchi jinoyatidan keyin Londondan Riyodga qaytdi.

1079458
Jamol Qoshiqchining o'limidan keyin Londonda yashagan shahzoda Ahmad vataniga qaytdi

Saudiya Arabistoni qroli Salman bin Abdulazzizning, Angliyaning poytaxti Londonda yashagan ukasi shahzoda Ahmad bin Abdulazziz, jurnalist Jamol Qoshiqchini o'lkasining kunsulligida o'tdirilishi natijasi maydonga chiqgan taranglikni hal etish uchun vataniga qaytdi.

New York Times gazetasining xabar qilishicha, qrol Salmanning hayotda bo'lgan so'ngi o'z birodari shahzoda Ahmad, pensiyaga chiqgach borib yashagan Londondan Riyodga qaytgan.

Shahzoda Ahmadning qaytishi, Qoshiqchining o'limiga aralashgani uchun ko'rsatilgan norozichiliklar qrol Salmanning o'g'li, shahzoda Muhammed bin Salmanning hukumatda qolishi uchun bir tashabbus ekani bildirilmoqda.

Shahzoda Ahmad 7 qardosh orasidan taxtga o'tmagan gayona kishi.

Aslida Saudiya an'analariga ko'ra to'ng'ichdan keyingi taxtga o'rtishi kerak edi, qrol Salmanning o'g'li shahzoda Muhammad qroliyat tarixida birinchi marta valiahd shahzoda deb e'lon qilingan edi.

Valiahd shahzoda, otasi qrol bo'lgandan keyin qrollikni fe'lan o'zi yakka boshqarib kelayotgan edi.

Bundan avval ichki ishlar vaziri o'rinbosari bo'lib ishlagan 76 yoshdagi shahzoda Ahmad, nafaqaga chiqgandan keyin Londonda yashashga boshlagan.

Washington Post gazetasi muharriri Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi, 2018- yili 2- Oktyabr kuni hujjatlari bilan Saudiya Arabistonining Istanbldagi bosh konsulligiga borgandan keyin g'oyib bo'lgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi, 20 -Oktyabr kuni, Qoshiqchining "Konsullik binosida maydonga kelgan urush natijasida hayotini yo'qotganini" bildirgan edi.



Aloqador xabarlar