Terroristlar Shirnakda qo’lda yasalgan portlaguvchi modda portlatdi

Turkiyaning Shirnak viloyatida terroristlar qo’lda yasalgan portlaguvchi modda portlatdi.

1057191
Terroristlar Shirnakda qo’lda yasalgan portlaguvchi modda portlatdi

Turkiyaning Shirnak viloyatining Sinopi tumanida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujumda qishloqda vaqtinchalik xizmat qilayotgan 2 nafar soqchi shahid bo’ldi.

Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan tumanning Chalishkan qishlog’i yo’liga oldindan joylashtirib qo’yilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi modda portlatildi.

Hujumda shahid bo’lganlardan tashqari 2 soqchi tan jarohati oldi.

Tan jarohati olgan soqchilar tumandagi davlat kasalxonasiga yetkazib borildi.  

Mintaqada terroristlarni qo’lga tushirish uchun amaliyot boshlatildi.

 



Aloqador xabarlar