Poytaxt Anqarada yangi tizimning birinchi Oliy Harbiy kengash yig’ilishi o’tkazildi

Turkiyada prezidentlik boshqaruv tizimi yo’lga qo’yilganidan beri poytaxt Anqarada birinchi Oliy Harbiy kengash yig’ilishi o’tkazildi.

1025049
Poytaxt Anqarada yangi tizimning birinchi Oliy Harbiy kengash yig’ilishi o’tkazildi
erdogan yas anitkabir1.jpg

Turkiyada prezidentlik boshqaruv tizimi yo’lga qo’yilganidan beri kecha birinchi marotaba Oliy Harbiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an yetakchiligida o’tkazilgan yig’ilish 2.5 soat davom etdi.

Yig’ilish oldidan Prezident Erdo'g’an yetakchiligidagi kengash a’zolari Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturk hoki qo’yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Prezident Erdo'g’an yetakchiligida Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Adliya vaziri Abdulhamid Gul, Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu, G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Xalq ta’limi vaziri Ziya Selchuk, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik kuchlari qo’mondoni general Umid Dundar, Harbiy-havo kuchlari qo’mondoni general Hasan Kuchukakyuz va Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni vitse-admiral Adnan O’zbal maqbarada Mustafa Kemal Ataturk qabriga gul qo’yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Anitkabirdagi maxsus daftarchaga qo’l qo’ygan Prezident Erdo'g’an, yangi tizimning birinchi Oliy Harbiy kengash yig’ilishining Turkiya, Turk xalqi va Turk Qurolli kuchlari uchun yaxshilik olib kelishini tiladi.

Prezident shuningdek, “Mintaqaviy va global darajada tanqidiy voqealar yuz bergan bir davrda o’tkazilgan yig’ilishning Fetullahchi va PKK terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga milliy xavfsizlikni xavf ostiga qo’ygan barcha tashkilotlarga qarshi kurashda Turkiyanining kuchiga-kuch qo’shishiga ishonch xosil qilganligini” qayd etdi.  

 

 



Aloqador xabarlar