TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi Turkiyada ham chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.

1016229
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari 13-iyuldan 19-iyulgacha mamlakatning Shirnak, Mardin, Erzurum, Bingo’l viloyati va Iroqning shimolidagi amaliyotlar natijasida 43 terroristni yo’q qildi.

Amaliyotlarda terror tashkilotiga oid ko’plab qurol-yaroq ham yo’q qilindi.

Suriyaning Afrin mintaqasida joriy yilning 19-yanvaridan beri davom etgan “Zaytun novdasi” amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 4 545 nafarga yetdi.

2018-yilning 18-marti kunidan e’tiboran nazorat ostiga olingan Afrinda shuningdek, 251 dona mina va 1325 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda yo’q qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar