Binali Yildirim Anitkabirni ziyorat qildi

Tarix sahifalarida Turkiya Respublikasining oxirgi Bosh vaziri sifatida o’rin olgan Binali Yildirim bugun Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi sifatida birinchi marotaba Anitkabirni ziyorat qildi.

1014039

Devon vakillari bilan birgalikda Respublikaning asoschisi Mustafa Kemal Otaturkning huzuriga chiqqan Yildirimga Anqara munitsipalitet rahbari Mustafa Tuna ham hamrohlik qildi.  

Yildirim, G’oziy Mustafa Kemal Otaturkning maqbarasiga gulchambar qo’ydi.

Ortidan Anitkabirdagi maxsus daftarchaga qo’l qo’ygan Yildirim, unda yangi hukumat tizimining muvaffaqiyatli bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

Binali Yildirim,

“Bo’lib o’tgan saylovlar (24-iyun) natijasida tuzilgan yangi tizimning muvaffaqiyatli ravishda yo’lga qo’yilishi uchun TBMM sifatida zimmamizga tushgan barcha vazifani amalga oshiramiz. Qonunchilik va nazorat ishlari bosh bo’lish bilan birga huquq va erkinliklarning yana-da kengaytirilishi, yurtimizning birligi, birdamligi, xalqimizning tinchligi uchun hormay-tolmay mexnat qilamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Aloqador xabarlar