Prezident Erdo'g'an, “NATO Davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishi”da ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an 24-iyundagi saylov natijasiga ko’ra yangi tizimning Prezidenti etib saylanar ekan ortidan, “NATO Davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishi”da ishtirok etish orqali birinchi chet el uchrashuvini boshlaydi.

1008270
Prezident Erdo'g'an, “NATO Davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishi”da ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an 24-iyundagi saylov natijasiga ko’ra yangi tizimning Prezidenti etib saylanar ekan ortidan, “NATO Davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishi”da ishtirok etish orqali birinchi chet el uchrashuvini boshlaydi.   

Belgiya poytaxti Bryusselda 11-12 iyul kunlari “NATO Davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishi” o’tkaziladi va sammit birinchi marotaba NATOning yangi qarorgohida bo’lib o’tadi.  

Sammit doirasida Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Angliya Bosh vaziri Theresa May bosh bo’lish bilan birga bir necha NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari bilan muloqat qilib, o’zaro uchrashuvlar amalga oshiradi.  

Unda NATO tarkibidagi ba’zi davlatlarning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga bergan yodamining qo’lga olinishi kutilmoqda.

Undan tashqari Prezident Erdo'g’an sammit chog’ida Yevropa ittifoqi kengashi Raisi Donald Tusk, Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Claude Juncker va Yevropa parlamenti Raisi Antonio Tajaniy bilan ham alohida-alohida uchrashuv o’tkazishi mumkin.

Prezident Erdo'g’anning NATO tarkibidagi liderlar sammitida Turkiyadagi yangi tizimning yangi kabinasidagi hukumat a’zolari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.  

Sammitda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’anga yangi kabinadagi Tashqi ishlar vaziri, Milliy Mudofaa, Energiya va tabiiy manbaalar vazirlarining shuningdek, Prezident o’rinbosarlarining hamrohlik qilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident Erdo'g’anning turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’anning esa Bryusseldagi NATO sammitida ishtirok etadigan liderlarning turmush o’rtoqlariga atab uyushtiriladigan dasturlarda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar