Turkiya havo mudofaasini rivojlantirmoqda

Turkiyaning bosqichli havo va raketa mudofaa qobiliyatini mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda rivojlantirishga doir sa’y-harakatlar jadallik bilan davom etmoqda.

1001858
Turkiya havo mudofaasini rivojlantirmoqda

 

Turkiyaning bosqichli havo va raketa mudofaa qobiliyatini mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda rivojlantirishga doir sa’y-harakatlar jadallik bilan davom etmoqda.

Turkiya havo mudofaa ehtiyojini ta’minlash maqsadida ko’p tomonlama faoliyat olib bormoqda.

Turkiyaning havo va raketa mudofaa yo’l haritasi faoliyatlari doirasida mamlakatning bosqichli havo va raketa mudofaa qobiliyatini mahalliy imkoniyatlar bilan rivojlantirishga qaratilgan loyiha modellari tashkil qilinmoqda.

Mamlakat miqyosida takomillashtirish modeli doirasida turk firmalari yetakchiligida zarur bo’lgan taqdirda, xorijiy firma, tashkilot va muassasalardan ehtiyoj bo’lgan sohalarda texnik yordam olingan holda faoliyat amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, dizayn va takomillashtirish faoliyatlari tamomlangan loyihalarda qo’shma sanoat va KOBIlar faol ro’l o’ynaydigan muntazam ishlab chiqarish rejasiga doir faoliyatlar amalga oshiriladi. Shu maqsad bilan ASELSAN va ROKETSAN kabi mudofaa sanoati firmalari ham mavjud imkoniyatlardan foydalanganda, investitsiya takrori oldi olinadi hamda xorijda raqobatbardosh sektorning doimiyligi ta’minlanadi.

 

Havo mudofaasi bilan bog’liq eng muhim strategik maqsadlardan biri “Havo mudofaa sohasida mahalliy imkoniyatlardan foydalanib, Turkiyaning bosqichli havo mudofaasiga xizmat qiladigan loyihalarning hayotga tadbiq etilishini” tashkil qiladi.

Bu strategiya doirasida NATO quyi faoliyat guruhlari va davlatlararo mudofaa sanoati hamkorligida bu kabi faoliyatlarga qo’shilgan holda havo mudofaa tizimlarini rivojlantirish va ishlab chiqarishga doir dunyoda qo’llanilgan modellar yaqindan kuzatib boriladi.

Hisar loyihasi doirasida yuzaga chiqqan sistemalarning mahalliy va eksport versiyalariga doir ehtiyojlar ko’zda tutilganda 40 km dan ortiq masofaga chiqarilishiga doir faoliyatlar yuritiladi.

Go’ktug’ loyihasi doirasida amalga oshiriladigan havo raketasining Hisar doirasida amalga oshirilgan yer sistemalaridan qo’llash maqsad qilinmoqda.

Qolaversa, Ko’rkut loyihasi doirasida amalga oshirilgan tizimning dengiz platforumiga moslashishga doir sinovlar tamomlanadi. Natijada, Dengiz kuchlari qo’mondonligining ehtiyojlari mahalliy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi.

Hisarda sinovlar muvaffaqiyatli davom etmoqda

Mudofaa Sanoat Masalahatchiligining kordinatsiyasida ASELSAN va ROKETSAN hamkorligida rivojlantirilgan Hisar havo mudofaa raketalari muvoffaqiyatli ravishda sinovdan o’tdi.

Sinovdan o’tkazilgan (Hisar-A/15) yohud (Hisar-O/25 km.) havo mudofaa raketasi, harbiy baza, port, muassasa va havo birliklarini tahditdan qo’riqlash maqsadida samolyotlarga, raketalarga, havodan quruqlikka otilgan raketa va uchuvchisiz havo vositalariga qarshi ixtiro etildi.

Hisar-Aning 2020, Hisar-Oning 2021 yil xizmatga o’tishi kutilmoqda.

 

Qo’rqit dengizda ham qo’riqlaydi

Quruqlik Kuchlari Qo’mondonligiga topshirilishi boshlangan Qo’rqit tizimi, harbiy kemalarning raketalarga qarshi qo’riqlashga hissa qo’shadi.

Bu doirada prototip sifatida ishlab chiqarilgan Qo’rqit-D tizimi, Dengiz Kuchlari Qo’mondonligining dastagi bilan harbiy mashg’ulotlarga qatnashgan TCG S. Mehmetpashaga o’rnatildi. Tizimni sinab ko’rish, Qo’rqit-Dning kemalarni raketalarga qarshi qo’riqlashini ko’rsatdi.

Sinov paytida Qo’rqit-D belgilash, kuzatish va ataka funktsiyalarini operator bo’lmasdan bajo keltirdi va raketa hujumi shaklida tezda yaqlashgan maqsadni nishonga olib bartaraf qildi.

 

Uzoq manzilni nishonga olish strategiyasi

Turkiya, uzoq manzilni nishoga olgan havo va raketa mudofaa e’htiyojini qisqa vaqtda Rossiyadan oladigan S-400 raketalari bilan qoniqtiradi.

O’rta muddatda boshqa davlatlar bilan mushtarak ixtiro etiladigan sistemalar mavzusida Turkiya, ASELSAN, ROKETSAN va EUROSAM sherikligida SAMP-T havo mudofaa tizimidan ham rivojlangan bir tizim tuzish kirishuvi boshladi.

Uzoq muddatda esa mahalliy va uzoq manzilni nishonga olgan havo va raketa mudofaa  tizimiga ega bo’lishni mo’ljallamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #ROKETSAN , #mudofaa , #ASELSAN

Aloqador xabarlar