Hatayda 42 nafar chet ellik kishi qo’lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyatining Altino’zu tumanida Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirganliklari aniqlangan 42 nafar chet ellik kishi qo’lga tushdi.

895261
Hatayda 42 nafar chet ellik kishi qo’lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyatining Altino’zu tumanida Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirganliklari aniqlangan 42 nafar chet ellik kishi qo’lga tushdi.

Tuman Milliy Politsiya idorasi xodimlari shahar markazida shuphaga yo’l ochgan bitta mikroavtobus bilan tijoriy yengil avtomobilni kuzatuvga oldi. Ko’p o’tmay mashinalarni to’xtatmoqchi bo’lgan politsiya xodimlari bilan shubhalilar o’rtasida quvg’in boshladi.

Vositalardan birini tumanning Altinkaya mahallasida, ikkinchisini esa Antakya tumanining Narlija mahallasida to’xtatgan xodimlar, tekshiruv ishlari natijasida ikkala vositada jami 42 nafar suriyalikning borligi aniqlandi.

Politsiya xodimlari 15 nafari yosh bola, 12 nafari ayol kishi jami 42 kishini Altino’zu tuman Milliy Politsiya idorasiga olib bordi.

Idora tomonidan oziq-ovqat, tibbiy tekshiruv va kiyim-kechak ehtiyojlari ta’minlangan suriyaliklar, rasmiy tamoyil ortidan Hataydagi viloyat Immigratsiya idorasiga topshirildi.



Aloqador xabarlar