Turkiya va Somali munosabatlari rivojlanmoqda

Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy soha bo’yicha ko’plab hamkorlik shartnomalari imzolandi.

887389
Turkiya va Somali munosabatlari rivojlanmoqda

Turkiya va Somali munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda.

Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy soha bo’yicha ko’plab hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Kuni kecha Ankarada Turkiya-Somali qo’shma iqtisodiy komissiyasining 1-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan bosh vazir o’rinbosari Rejep Akdag’ Turkiya va Somali o’rtasidagi savdo hajmi 2016 yili 120 mln dollarga yetganini ma’lum qildi.

Somali bosh vazir o’rinbosari Mahdi Muhammad Gulaid esa, turk investorlarni Somaliga taklif qildi.

Yig’ilish doirasida Turkiya oziq-ovqat va chorvadorchilik vaziri Ashraf Fakibaba va Somali baliqchilik va suv manbalari vaziri Abdurahmon Abdu Hashi o’rtasida baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha kelishuv memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv asosida turk baliqchilar Somali chegarasi tarkibidagi dengizlarda baliq ovlash huquqiga ega bo’ladilar.

 



Aloqador xabarlar