Andrey Karlov kecha Anqarada yodga olindi

O’tgan 2016-yili Anqarada uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida vafot etgan Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlov kecha Rossiyaning Anqara elchixonasida uyushtirilgan marosim bilan yodga olindi.

872298
Andrey Karlov kecha Anqarada yodga olindi

O’tgan 2016-yili Anqarada uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida vafot etgan Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlov kecha Rossiyaning Anqara elchixonasida uyushtirilgan marosim bilan yodga olindi.

Yodga olish marosimida Rossiyaning Anqara elchisi Aleksey Yerhov, Turkiya Respublikasi  Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi o’rinbosari Umit Yardim va Saudiya Arabistonining Anqara elchisi Valad bin Abdulkarim al-Hurayjiy bilan birga ko’plab diplomatik vakillar ishtirok etdi.  

Marosimda ishtirok etganlar elchixona binosi ichidagi Karlov yodgorligiga gulchambar va chinnigullar qo’ydi.

Yerhov marosimda so’zlagan nutqida,

“Dahshatli hujum oqibatida eng nufuzli diplomatimizdan, ishonchli, hurmatga sazovor va ajoyib odamgarchilik tuyg’ulariga ega bo’lgan bir do’stimizdan ajrab qoldik” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Yerhov shuningdek, Karlov nomining elchixona o’rin olgan ko’cha va elchixona xodimlarining bolalari qatnagan maktabga berilganligini ham eslatdi.

Yerhov so’zlari davomida marosimda ishtirok etgan Rossiya parlamenti va Rossiya parlamentining quyi palatasi Duma deputatlarining, mushtarak muammo hisoblangan terrorga qarshi kurash mavzularini Turk kasbdoshlari bilan birgalikda muzokara qilish uchun Anqaraga tashrif buyurganligini ma’lum qildi.

Yerhov, Karlovning hayotining oxirgi davrlarida Rossiya-Turkiya munosabatlarini mustahkamlash uchun o’rtaga qo’ygan muqaddas maqsadi tomon amaliy qadamlar tashlashning, Karlovni eng a’lo darajada yodga olish bilan teng hisoblanisihini qayd etdi.

Rossiya-Turkiya ijtimoiy forumi hamraisi Ahmet Berat Chonkar ham Karlovning Turk-Rus munosabatlariga alohida hissa qo’shgan muvaffaqiyatli elchi va Turk xalqining ham hurmatiga sazovor qadrli inson ekanligini aytdi.

Chonkar,

“Bu yo’qotish barchamiz uchun mushtarak yo’qotishdir. Shuning uchun ham bu dahshatli tergov Rossiya tomonining ham ishtiroki bilan diqqatlicha davom etmoqda” dedi.  

Jinoyat tafsiloti ma’lum bo’lgunga qadar tergov faoliyatlarining davom etajagiga e’tibor qaratgan Chonkar,

“Bugungi kunda Hurmatli elchining yarim qolgan rejalarini tamomlash barchamizning burchimizdir. Amalga oshiriladigan eng muhim vazifalardan biri ham ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi uchun ijobiy hissa qo’shishdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Yodga olish marosim piyanist Idil Biret bergan kichik resitala bilan davom etdi.



Aloqador xabarlar